Tuman hokimining ma'ruzalari, chiqishlari va tabriklari

Paxtachi tumani hokimi Raximov Vohid Sanaqulovichning Navro’z umumxalq bayram tadbirida so’zlagan nutqi

Assalomu alaykum aziz tumandoshlar, hurmatli mehmonlar!

Barchangizni orziqib kutilgan qadimiy, mustaqilligimiz tufayli qayta tiklanib, yanada chiroy ochgan bayramimiz – Navro’zi olamning o’lkamizga kirib kelishi bilan samimiy muborakbod etaman.

Mustaqil Respublikamizdagi kabi tumanimizda ham yasharish va yashnatish fasli boshlandi. Хalqimiz azaldan-azal ushbu qadimiy va milliy bayramni o’zgacha ruhda nishonlaydi. Elimizda Navro’z shamoli esishi bilan dehqon yerga urug’ sochadi, bog’bon ko’chat ekib, bog’lar yaratish ishtiyoqida kuyib-pishadi, cho’pon bir otardan ikki otar yaratish maqsadida qo’zilatish mavsumini yanada avj oldiradi. Bularning barchasi – ertangi kun orzularidan, farovon hayotga bo’lgan ishonchdan dalolatdir.


Paxtachi tumani hokimi Raximov Vohid Sanaqulovichning O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligiga bag’ishlangan tantanali bayram tadbirida so’zlagan nutqi

Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar, qadrli mehmonlar!

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan jonajon Vatanimizni mustaqil mamlakat deya e’lon qilinganiga 27 yil vaqt o’tdi. Ushbu tabarruk sana respublikamiz tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan, shu ona-zaminda yashayotgan har bir vatandoshimiz qalbidan mustahkam o’rin egallagan kun sifatida har qancha e’zozga loyiq.


9 may – Хotira va qadrlash kuni munosabati bilan o’tkazilgan marosimda Paxtachi tumani hokimi Raximov Voxid Sanaqulovichning nutqi

Assalomu alaykum aziz tumandoshlar, qadrli faxriylarimiz!

Bugun Vatanimiz va butun xalqimiz Ikkinchi Jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G’alabaning 73 yilligini keng nishonlamoqda. Ana shu buyuk sana bilan avvalo bu mash’um urushda qatnashib, mardlik va jasorat ko’rsatgan barcha urush faxriylarini, shular qatorida front ortida fidokorona mehnat qilgan tumandoshlarimizni, butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Yana shuni aytish joizki, urush maydonlaridan qaytmagan, bugungi musaffo osmonimiz uchun jon bergan vatandoshlarimiz xotirasi oldida bosh egish barchamiz uchun ham farz, ham qarzdir.