15-may Butunjahon oila kuni

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga binoan 1993 yildan beri 15 may – Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Oila bo‘g‘iniga alohida bir kun ajratilishining asosiy sabablaridan biri BMT ta’rificha “Bir oila – butun insoniyat oilalarining birligidir”, u jamiyatning kichik bo‘g‘ini, vatan ichra vatandir. Jamiyat a’zosining tom ma’nodagi yetuk shaxs, komil inson bo‘lib yetishishi uzluksiz oila bilan bog‘liq. Chunki oila jamiyat asosi va hayot davomchisi bo‘lgan farzandlar kamol topadigan tarbiya maskani hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan jamiyatning o‘zagi bo‘lmish mehr-muhabbat, hurmat, sadoqat, insoniylik, dahldorlik manbai ham oiladir.

Qachon oilalar salohiyatli bo‘lsa, bunday oilalardan tashkil topgan jamiyat ham salohiyatli bo‘ladi.

Shuning uchun dinimiz ham oilaga iymon, muhabbat, ta’lim-tarbiya va baxtli hayot sari yo‘llovchi maskan sifatida qarashni vojib qilgan.

Eru xotin o‘rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bo‘lsa, oila shunchalik mustahkam bo‘ladi, farzandlarni tarbiyalanishi to‘g‘ri olib boriladi.Ular o‘rtasida nikoh ahdining bardavom bo‘lishi va mehr-muhabbat bilan hayot kechirish erdan ham, ayoldan ham o‘ta mas’uliyatli va nihoyatda nozik munosabatlarni talab qiladi.

Bugun yoshlar orasida oilalarning buzilishi ko‘payib borayotgani sir emas. Bu masala hozirgi paytda nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo xalqlarini tashvishga solib turibdi. Bu borada davlat va jamoat tashkilotlarida juda ko‘p ilmiy anjumanlar tashkil etilyapti, tadqiqotlar o‘tkazilyapti va qarorlar qabul qilinyapti. Mutaxassislarning ta’kidlashicha oilada mehr-muhabbatning yuzaga kelishi va hukm surishi uchun quyidagi shartlarning bo‘lishi ko‘zda tutiladi:

Oila a’zolarining bir-birini qadrlashi;

-oila a’zolarining bir-birlariga ishonishi va himoyalashi;

-yaqinlik, o‘zaro yordam va o‘y-fikrlarini o‘rtoqlashish;

-mas’uliyatni his qilishlari (ota-onalarning o‘z burch va mas’uliyatlarini his etishi);

-qiyinchiliklarga qarshi birgalikda kurashib, ularni hal qilishlari;

-o‘zligini ifoda eta olish va baxtli yashash uchun munosib muhit yarata olish;

-sog‘lom moddiy va ma’naviy hayotga ega bo‘lishlari.

Oilani mustahkamlashga xonadonning har bir a’zosi mas’ul ekanini unutmaslik lozim. Qaynonalar ham, kelinlar ham, ota-o‘g‘illar, qudalar ham bir-birlarining xatolaridan fojia yasamay, oilani asrab qolish uchun astoydil harakat qilsalar, bunday xonadon chinakam mehr-muhabbat maskaniga aylanadi.

 

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM