Mavzu; Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda 2023 yil 4 oyida amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

So‘nggi yillarda Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan, tibbiyotning barcha sohalarini jadal rivojlantirish, faoliyatni tubdan takomillashtirish, istiqbolli rejalarni belgilash bo‘yicha salmoqli ishlar tizimli ravishda amalga oshirish davom etib kelmoqda.

2023 yil 4 oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarni  murojaatlari tug‘risidagi ” 445- sonli Qonuni ijrosi bo‘yicha  fuqarolar tomonidan 7 murojjat bo‘limiga kelib tushgan va barchasi o‘z vaqtida urganib chiqilib qonun xujjatlari asosida javoblari berilgan.

Shuningdek  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 18 maydagi “Arxitektura va qurilish soxasidagi davlat xizmatlari kursatishining ayrim reglamentlarni tasdiqlash tug‘risida” gi 200- sonli qarori ijrosi buyicha 43 ta ob’ektlarning yer ajratish va qurilish jarayonlari urganilib sanitariya gigienik xulosalar berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Axolini sanitariya epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash tug‘risida” 393- sonli qonun asosida nazorat utkazish rejasiga asosan 15 ta ob’ektda sanitariya urganishlar utkazilib tegishli tavsiyalar berilgan.

Olib borilgan tadbirlar natijasida 2023 yilning 4 oyida  yuqumli kasalliklar buyicha axolini epidemiologik barorqarorlik ta’minlandi. Axoli o‘rtasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar va guruxli kasallanish xolatlarini qayd etilishiga yul qo‘yilmadi.

2023 yilning 4 oyida 60 xil yuqumli kasalliklarning 14 xildagi yuqumli kasalliklar ro‘yxatga olindi. Yuqumli kasalliklar qayd etilgan barcha o‘choqlarda epidemiologik surishtirish ishlari olib borildi va kasallik o‘choqlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

2023 yil 4 oyida  aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish xamda yuqumli kasalliklar bo‘yicha xavfni erta aniqlash maqsadda  bakteriologiya laboratoiyaga 2210 ta va  parazitologiya laboratoriyasiga 17513    ta namunalar olingan.

 Tuman aholisi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha oldindan xavfni aniqlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan xamkorlikda tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

2023  yilda 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni  13 xildaga boshqariladigan yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlarni tashkil etish uchun 5 ta qo‘shimcha  oilaviy shifokor punktlari ochilib xozirda 19 ta emlash punktlarida emlash ishlari olib borilmoqda. Barcha emlash punktlarida vaksinalarni tashish va saqlash uchun sanitariya qoida va me’yorlari asosida sharoitlar yaratilgan.

Tumanda jami 2 yoshgacha 7295 nafar bolalarning 98 % to‘liq 13 turdagi yuqumli kasalliklar bilan emlandi. Bundan tashqari 6 yoshli bolalar qizamiq kasalligiga qarshi 99.1% va 9 yoshdagi  3124 nafar qizlar bachadon saratoniga qarshi emlandi.

Respublika xududiga chetdan qizamiq kasalligini kirib kelishini oldini olish maqsadida 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 15487 nafari qizamiq vaksinasi bilan epidemiologik ko‘rsatma asosida emlash bilan qamrab olindi, xamda qizamiq kasalligini erta aniqlash maqsadida noaniq toshmali bemorlar to‘liq virusologiya laboratoriyasi tekshiruvlaridan o‘tkazilib kelinmoqda. Bundan tashkari qon bilan bevosita ishlaydigan tibbiyot xodimlari virusli gepatitning В turni  ish jarayonida yuqtirishini oldini olish maqsadida  qo‘shimcha 250 doza vaksina ajratilib 250 nafar tibbiy xodimlar Virusli gepatitning В  turiga qarshi  tuliq emlandi. Barcha tumandagi davolash profilaktika mauassasalari tibbiy xodimlari o‘rtasida maxorat darslari tashkil etilib tizimli ravishda malaka oshirish tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Axoli o‘rtasida emlashning axamiyati to‘g‘risida maxallada ota-onalar bilan davra suxbatlari tashkil etildi.

 Bo‘lim tomonidan  maxallabay ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 martdagi PF-33-sonli “Maxallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish” farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman SEO va JS bo‘limi  2022 yil 5-apreldagi №14 U sonli bo‘yruq ishlab chiqildi va buyruq asosida xodimlar maxallalarga biriktirildi. 4 ta sektorga jami 16 ta xodim biriktirildi. Tumanda 59 ta maxalla, 33475 ta xonadon bo‘lib 16 ta biriktirilgan xodimlar tomonidan kunlik ishlar olib borilgan. 2023 yil 4 oyi davomida   24 ta maxalla to‘liq o‘rganilgan bo‘lib,10 maxallada tadbirlar tashkil etildi.

   2023 yil 4 oyida bolalar o‘rtasida parazitologik kasalliklarni oldini olish maqsadida jami 17513  ta laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan shundan 365 nafar bolalarda parazitar  kasallik aniqlangan. Shundan 69 tasida geminalipidoz, 295 tasida entirabioz aniqlangan.

 Davlat mablag‘lari xisobidan jami 5500 nafar 1-4 sinf uquvchilari o‘rtasida degelmentizatsiya ishlari olib borildi.

Tumanda bezgak kasalligini oldini olish maqsadida xam profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinib 3 kundan ortiq isitma qilgan 187 nafar   bemorlardan qon olib tekshirilgan. Tekshirish natijasi bo‘yicha bezgak kasalligi aniqlanmagan.

Bakteriologik laboratoriya tomonidan 2023 yil 4 oyida   jami 2210 ta bakteriologik tekshiruvlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan diognostik maqsadda 704 ta, profilaktik maqsadda  1506 ta sanitariya bakteriologik tekshiruvlar  o‘tkazilgan.

 Oziq - ovkat mahsulotlari 207 ta tekshirilgan bo‘lib shundan   9 ta talabga javob bermaydigan namunalar aniqlangan. Ushbu namunalar tegishli tartibda is’temoldan olinib yo‘qotilgan.

Laboratoriya tomonidan  210 ta ichimlik suv tekshirilgan bo‘lib 9  tasi sanitariya  normalaridan yuqori  ekanligi  aniqlandi. Aniqlagan namunalar asosida tuman suv oqava  tashkilotiga sanitariya talabnomalar berilgan xamda xamkorlikda suv tarmoqlarida reviziyalar o‘tkazilgan va barcha nuqtalardan qayta namunalar olingan.

        Dezinfeksiya 2023 yil 4 oyi mobaynida yuqumli kasallik o‘choqlarida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun 209 ta buyurtma tushgan, shulardan barchasida (100%) dezinfeksiya ishlari o‘tkazilgan. Ushbu dezinfeksiya tadbirlarida o‘z vaqtida o‘tkazilgan dezinfeksiya ishlari 177ta (85,3%)ni tashkil etdi.  Shundan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 13 ta, maktablarda 35 ta yauklovchi dezinfeksiya ishlari utkazildi. Shuningdek ruza xayti oldidan tumandagi mavjud 12 ta jome masjidlarda profilaktik dezinfeksiya ishlari utkazildi.

                                           

 

 

Tuman sanitariya-epidimiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligini bo‘lim boshlig‘i:                                     M.Rasulov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM