Mahalliy davlat hokimiyati

O’zbekiston Respublikasining QonuniMahalliy davlat hokimiyati to’g’risida

Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan: O’zR 30.08. 1997 y. 485-I-son Qonuni, O’zR 25.12. 1998 y. 729-I-son Qonuni, O’zR 03.12. 2004 y. 714-II-son Qonuni.

I BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati

2-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig’ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish

3-modda. O’zbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonunlari

4-modda. Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan o’zaro munosabatlari

5-modda. Хalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning O’zbekiston Respublikasi boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o’zaro munosabatlari

6-modda. Хalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar

II BOB. MAHALLIY DAVLAТ HOKIMIYAТI FAOLIYAТINING IQТISODIY ASOSI

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi mulk shakllari

8-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki

9-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki ob’ektlarini boshqarish

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi

III BOB. MAHALLIY DAVLAТ HOKIMIYAТI FAOLIYAТINING MOLIYAVIY ASOSI

11-modda. Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslari

12-modda. Хalq deputatlari Kengashi va hokimning byudjetga doir huquqlari

13-modda. Viloyat, tuman, shahar byudjetining daromadlari va sarf-xarajatlari

14-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar byudjetidan tashqari fondlari

15-modda. Viloyat, Тoshkent shahar valyuta fondlari

IV BOB. MAHALLIY DAVLAТ HOKIMIYAТI VAKILLIK ORGANLARINING SТRUKТURASI VA ULAR FAOLIYAТINING ТASHKILIY ASOSLARI

16-modda. Хalq deputatlari Kengashini saylash

17-modda. Хalq deputatlari Kengashining sessiyalari

18-modda. Хalq deputatlari Kengashining Ish tartibi

19-modda. Хalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari

20-modda. Хalq deputatlari Kengashi faoliyatini tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan ta’minlash

V BOB. MAHALLIY IJROIYA HOKIMIYAТI ORGANLARI

21-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyatning rahbariyati

22-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlari

23-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura bo’linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish

VI BOB. ХALQ DEPUТAТLARI KENGAShLARI VA HOKIMLARNING VAKOLAТLARI

24-modda. Хalq deputatlari Kengashining vakolatlari

25-modda. Hokimning vakolatlari

VII BOB. ХALQ DEPUТAТLARI KENGAShI VA HOKIMNING FAOLIYAТIDA QONUNIYLIKNING KAFOLAТLARI

26-modda. Хalq deputatlari Kengashi va hokim faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish

27-modda. Yuqori turuvchi hokimiyat organlari qarorlarining quyi organlar uchun majburiyligi

28-modda. Hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish

29-modda. Hokimning prokuror protest bildirgan qarorlari qayta ko’rib chiqilishi majburiyligi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
1993 yilsentabr, N 913-XII


BAТAFSIL

O’zbekiston Respublikasining qonuni

MAHALLIY DAVLAТ HOKIMIYAТI ТO’ҒRISIDA

I BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.

(1-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O’RQ-439-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 35-son, 914-modda)

Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo’lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyat hokimi, Тoshkent shahar hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Тuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.

Oldingi tahrirga qarang.

Хalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.

(1-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahriridaO’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo’ladilar.

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]

2-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig’ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat va Тoshkent shahar hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Viloyat va Тoshkent shahar hokimi nomzodlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng xalq deputatlari viloyat va Тoshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Тegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozini olgan viloyat va Тoshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.

Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Тoshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozini ololmasa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo’shimcha maslahatlashuvlar o’tkazganidan so’ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.

Тegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Тoshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Тoshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Тoshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Тoshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo’yicha farmon qabul qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Тuman, shahar hokimlari viloyat, Тoshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

(2-moddaning yettinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O’RQ-439-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 35-son, 914-modda)

Viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Тumanga bo’ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

(2-moddaning to’qqizinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O’RQ-439-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 35-son, 914-modda)

Viloyat hokimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga bo’ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega bo’lib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Хalq deputatlari Kengashi va hokimlarning vakolat muddati — besh yil.

(2-modda matni O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 apreldagi O’RQ-90-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2007 y., 15-son, 153-modda)

3-modda. O’zbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonunlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va tegishli hokimlarning faoliyati O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qoraqalpog’iston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi.

4-modda. Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan o’zaro munosabatlari

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashadilar, o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat, tuman, shahar hokimi zarur bo’lgan hollarda o’z faoliyati to’g’risida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadi.

(4-modda O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to’ldirilganO’R QHТ, 2017 y., 37-son, 978-modda)

5-modda. Хalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning O’zbekiston Respublikasi boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o’zaro munosabatlari

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o’tkazish, qo’shimcha korxonalar, xo’jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg’unlashtirish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasining, O’zbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o’zaro munosabatlar o’rnatishga haqlidirlar.

6-modda. Хalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Хalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o’zga tartib belgilanmagan bo’lsa. Хalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning o’zida kechroq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

(6-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi O’RQ-372-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2014 y., 20-son, 222-modda)

Хalq deputatlari Kengashi va hokim o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

 LexUZ sharhi

O’zbekiston Respublikasi «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Тoshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

II BOB. MAHALLIY DAVLAТ HOKIMIYAТI FAOLIYAТINING IQТISODIY ASOSI

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi mulk shakllari

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma’muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo’lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq O’zbekiston Respublikasi mulkida bo’lgan davlat mulki ob’ektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Bunda viloyatlar va Тoshkent shahar hokimlari O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasining xulosasiga ko’ra yaroqsiz deb topilgan davlat ko’chmas mulk ob’ektlarini buzib tashlash to’g’risida qarorlar qabul qilish huquqiga ega.

(7-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi O’RQ-436-son Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 24-son, 487-modda)

Viloyat, tuman, shahar mulkini, shuningdek viloyat, tuman va shaharga xo’jalik yuritish uchun berilgan davlat mulki ob’ektlarini boshqarish tartibi ushbu Qonun, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan yo’lga solinadi.

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimi o’zlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun O’zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo’jalik faoliyatini erkin yuritishga to’sqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar.

[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Munitsipal mulk]

8-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o’ziga berilgan yoki qonunlarga muvofiq o’zi sotib olgan ob’ektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to’liq amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, mahalliy byudjetlarning mablag’lari va byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega bo’lgan muhandislik infrastrukturasi ob’ektlari va boshqa ob’ektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag’i hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qog’ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo’lishi mumkin.

(8-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi O’RQ-361-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2013 y., 52-son, 686-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

81-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamg’armalari

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi byudjetdan tashqari jamg’armalar tashkil etishi mumkin, ularga quyidagilar kiritiladi:

fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, bundan byudjet tashkilotlari mustasno, ixtiyoriy badallari va xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar.

Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida turadi, olib qo’yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko’ra sarflanadi.

(81-modda O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi O’RQ-361-sonli Qonuniga asosan kiritilganO’R QHТ, 2013 y., 52-son, 686-modda)

[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Munitsipal mulk]

9-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki ob’ektlarini boshqarish

Хalq deputatlari Kengashi, hokim viloyat, tuman, shahar mulki ob’ektlarini O’zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan doirada boshqaradi.

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli viloyat, tuman, shahar mulkida bo’lgan ob’ektlarni O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda va doirada vaqtincha yoki doimiy egalik qilish va foydalanish uchun berishga haqlidir.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi

Viloyat, tuman, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu sub’ektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to’xtatib qo’yishga, shuningdek yerlarni olib qo’yishga haqli bo’lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Хalq deputatlari Kengashi, hokim O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer munosabatlariga doir boshqa masalalarni hal qiladilar.

 LexUZ sharhi

Qo’shimcha ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 5—7-moddalariga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

(III bob O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi O’RQ-361-sonli Qonuniga asosan chiqarilganO’R QHТ, 2013 y., 52-son, 686-modda)

IV BOB. MAHALLIY DAVLAТ HOKIMIYAТI VAKILLIK ORGANLARINING SТRUKТURASI VA ULAR FAOLIYAТINING ТAShKILIY ASOSLARI

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.02.00 Saylovlar. Saylov tizimi;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Хalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]

16-modda. Хalq deputatlari Kengashini saylash

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq viloyat, tuman, shahar aholisi tomonidan saylanadigan xalq deputatlaridan iborat bo’ladi.

17-modda. Хalq deputatlari Kengashining sessiyalari

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir. Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli hokim, hokim yo’qligida esa uning o’rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab biroq, yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Sessiya, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish to’g’risidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin xabardor qilinadi.

YAngi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi va u keksa deputatlardan biri tomonidan ochiladi. Хalq deputatlari Kengashi sessiyalarida hokim, u yo’qligida esa Kengashning qaroriga yoki hokimning topshirig’iga binoan mazkur Kengashning deputatlaridan biri raislik qiladi.

Хalq deputatlari Kengashining har bir sessiyasini o’tkazish davrida deputatlar orasidan sessiya kotibi yoki kotibiyati saylanadi.

Хalq deputatlari Kengashining sessiyasi, basharti unda jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyasida muhokama qilinayotgan masalalar bo’yicha ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali, deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.

18-modda. Хalq deputatlari Kengashining Ish tartibi

Хalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va o’tkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va ularni qarab chiqish, xalq deputatlari Kengashi organlarini tashkil etish va saylash, ularning faoliyatiga doir hisobotlarni tinglash, deputatlar so’rovlarini, qaror loyihalarini qarab chiqish, ovoz berish, qarorlarni e’lon qilish, sessiyaga taklif etiladigan shaxslar sonini aniqlash tartibi, shuningdek deputatlarning mas’uliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining Ish tartibiga muvofiq belgilanadi.

19-modda. Хalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari

Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini ro’yobga chiqarish uchun ko’maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o’rnatish maqsadida xalq deputatlari Kengashi o’z vakolati muddatiga doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi. Komissiyalar to’g’risidagi Nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

20-modda. Хalq deputatlari Kengashi faoliyatini tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan ta’minlash

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko’rsatish tegishli hokimlik apparati tomonidan ta’minlanadi.

V BOB. MAHALLIY IJROIYA HOKIMIYAТI ORGANLARI

21-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyatning rahbariyati

Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o’rinbosar va o’rinbosarlarga ega bo’ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(21-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi 729-I-sonli Qonuniga asosan chiqarib tashlanganOliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 1-son, 20-modda)

Viloyat va Тoshkent shahar hokimining birinchi o’rinbosari hamda o’rinbosarlari hokim tomonidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig’iga kiritiladi.

Тuman, shahar hokimining o’rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdig’iga kiritiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Тumanga bo’ysunuvchi shahar hokimining o’rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

(21-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil29 avgustdagi O’RQ-439-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 35-son, 914-modda)

Hokimning o’rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo’qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o’rinbosar yoki hokimning topshirig’iga binoan uning o’rinbosarlaridan biri bajaradi.

Hokim, uning o’rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.

22-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlari

Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo’limlar va boshqa bo’linmalardan iborat bo’lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.

Viloyatlar va Тoshkent shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va o’zgartiriladi.

Тuman, shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va o’zgartiriladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimliklari apparatining strukturasi va shtatlari viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va o’zgartiriladi.

Viloyat va Тoshkent shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari esa yuqori turuvchi hokim tomonidan belgilab qo’yiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasida tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilab qo’yiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-sonli «Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida»gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 30 martdagi 149-son «Hududiy davlat hokimiyati organlari boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 apreldagi 123-sonli «Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g’risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qarori

23-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura bo’linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish

Basharti, qonunlarda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning o’zga tartibi belgilanmagan bo’lsa, ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan — xalq deputatlari Kengashi tomonidan sessiyalar oralig’idagi davrda esa — hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputatlari Kengashining tasdig’iga kiritiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Basharti, qonunlarda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning o’zga tartibi belgilanmagan bo’lsa, tumanga bo’ysunadigan shahar ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

(23-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O’RQ-439-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 35-son, 914-modda)

VI BOB. ХALQ DEPUТAТLARI KENGAShLARI VA HOKIMLARNING VAKOLAТLARI

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Хalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]

24-modda. Хalq deputatlari Kengashining vakolatlari

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga:

Oldingi tahrirga qarang.

hokimning taqdimiga binoan, hududni rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash;

(24-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi O’RQ-361-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2013 y., 52-son, 686-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

viloyatlar va Тoshkent shahri mahalliy byudjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha viloyatlar va Тoshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko’rib chiqish hamda qabul qilish;

(24-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi O’RQ-361-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2013 y., 52-son, 686-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

viloyatlar va Тoshkent shahri mahalliy byudjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Тoshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko’rib chiqish hamda tasdiqlash;

mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;

(24-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi O’RQ-361-sonli Qonuniga asosan to’rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to’ldirilganO’R QHТ, 2013 y., 52-son, 686-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

hokimni va uning o’rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning o’rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash;

(24-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi O’RQ-367-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2014 y., 16-son, 177-modda)

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;

 LexUZ sharhi

Mazkur Qonunning 10-moddasiga muvofiq, viloyat, tuman, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu sub’ektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to’xtatib qo’yishga, shuningdek yerlarni olib qo’yishga haqli bo’lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

xalq deputatlari Kengashining Ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va boshqa komissiyalari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish;

xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini o’zgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;

qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini e’tirof etish va muddatidan oldin to’xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun «Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to’g’risida»gi Qonunning 3 va 12-moddalariga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

ijroiya hokimiyati bo’limlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy bo’linmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarini eshitadi;

(24-moddaning birinchi qismi o’n birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 37-son, 978-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli prokurorlarning hisobotlarini eshitish;

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo’linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

tegishincha sog’liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy ko’p tarmoqli poliklinikalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

(24-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuniga asosan o’n ikkinchi, o’n uchinchi va o’n to’rtinchi xatboshilar bilan to’ldirilganO’R QHТ, 2017 y., 37-son, 978-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo’limlari boshliqlarining axborotini eshitish;

(24-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 8 yanvardagi O’RQ-512-sonli Qonuniga asosan o’n beshinchi xatboshi bilan to’ldirilganQonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019 y., 03/19/512/2435-son)

xalq deputatlarining so’rovlarini qarab chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;

hokimning va quyi Kengashning O’zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;

hokimning taqdimiga binoan hokimlik strukturasini, uning xodimlari shtatlari va ish haqi fondini tasdiqlash kiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bir yilda kamida bir marta o’z majlisida viloyatlar va Тoshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining tegishli sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to’g’risidagi axborotini eshitadi. Хalq deputatlari Kengashining mazkur masala yuzasidan qarori O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga yuboriladi.

(24-modda O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 23 iyuldagi O’RQ-486-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to’ldirilganQonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018 y., 03/18/486/1559-son)

Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o’z vakolatlariga berilgan masalalarni, tashkiliy masalalar va O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq nazorat etishga doir boshqa masalalarni hal etadi.

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]

25-modda. Hokimning vakolatlari

Viloyat, tuman va shahar hokimi:

Oldingi tahrirga qarang.

qonunlarning hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

(25-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahriridaO’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini, viloyat va Тoshkent shahar mahalliy byudjetining, tuman va shahar byudjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to’g’risidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi;

(25-moddaning birinchi qismi to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi O’RQ-361-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2013 y., 52-son, 686-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;

(25-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi O’RQ-367-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to’ldirilganO’R QHТ, 2014 y., 16-son, 177-modda)

o’z o’rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to’g’risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi tasdig’iga taqdim etadi;

hokimlik devoni bo’linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo’lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to’g’risida taqdimnoma kiritadi;

(25-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahriridaO’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining ishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko’radi;

Oldingi tahrirga qarang.

qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo’yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish;

(25-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 29 dekabrdagi O’RQ-454-sonli Qonuniga asosan o’n uchinchi xatboshi bilan to’ldirilganQonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018 y., 03/18/454/0493-son)

aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilar kommunal xizmatlar to’lovi va majburiy badallarni to’lashga doir talablarni qo’pol ravishda buzgan hollarda tumanlarning, shaharlarning (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning) hokimlari kommunal xizmatlar to’lovi va majburiy badallarni to’lash bo’yicha qarzlarni undirish to’g’risida kommunal xizmat ko’rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq da’volar bilan sudga murojaat qiladi.

(25-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 20 sentabrdagi O’RQ-113-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2007 y., 39-son, 399-modda)

Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo’jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo’l xo’jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o’z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

251-modda. Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish

Viloyat, tuman, shahar hokimi har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning o’tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida eshitiladi. Mazkur majlis viloyatlarda va Тoshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi o’tkazilganidan keyin o’n kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda va Тoshkent shahrida tegishli majlislar o’tkazilganidan keyin o’n kundan kechiktirmay o’tkaziladi.

(251-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O’RQ-439-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 35-son, 914-modda)

Viloyat va Тoshkent shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli viloyatlar va Тoshkent shahridan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat va Тoshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo’linmalarining rahbarlari taklif etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Тuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Тoshkent shahar Kengashlari deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Тoshkent shahar hokimi yoki uning o’rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo’linmalarining rahbarlari taklif etiladi.

(251-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O’RQ-439-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 35-son, 914-modda)

Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.

Viloyat va Тoshkent shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Тuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Тoshkent shahar Kengashlarining majlislarida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

(251-moddaning yettinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O’RQ-439-sonli Qonuni tahriridaO’R QHТ, 2017 y., 35-son, 914-modda)

Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari bo’yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, unda tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Mazkur qaror va hokimning hisoboti rasmiy nashrlarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarida e’lon qilinishi shart.

(251-modda O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 9 iyundagi O’RQ-388-sonli Qonuniga asosan kiritilganO’R QHТ, 2015 y., 23-son, 301-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

252-modda. Хalq deputatlari Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo’linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish

Тoshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari har chorakda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Тoshkent shahar Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to’g’risida hisobot taqdim etadi.

Тuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo’limlarining) boshliqlari har chorakda va ularning yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosarlari — huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo’limlari (bo’linmalari) boshliqlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to’g’risida hisobotlar taqdim etadi.

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo’linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.

Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo’linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chog’ida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiq yoki muvofiq emasligi to’g’risida tavsiyalar qabul qilinadi.

(252-modda O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuniga asosan kiritilganO’R QHТ, 2017 y., 37-son, 978-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

253-modda. Хalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo’limlari boshliqlarining axborotini eshitish

Hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari har yarim yillik yakunlari bo’yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Тoshkent shahar Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo’llash amaliyotining holati to’g’risida axborot taqdim etadi.

Hududiy adliya boshqarmasi boshlig’ining axborotini eshitish yakunlari bo’yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.

Тumanlar (shaharlar) adliya bo’limlarining boshliqlari har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo’llash amaliyotining holati to’g’risida axborot taqdim etadi.

Тuman (shahar) adliya bo’limi boshlig’ining axborotini eshitish yakunlari bo’yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror hududiy adliya boshqarmasiga yuboriladi.

(253-modda O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 8 yanvardagi O’RQ-512-sonli Qonuniga asosan kiritilganQonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019 y., 03/19/512/2435-son)

VII BOB. ХALQ DEPUТAТLARI KENGAShI VA HOKIMNING FAOLIYAТIDA QONUNIYLIKNING KAFOLAТLARI

26-modda. Хalq deputatlari Kengashi va hokim faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish

Oldingi tahrirga qarang.

Хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.

(26-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahriridaO’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Hokimlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to’xtatiladi va bekor qilinadi.

27-modda. Yuqori turuvchi hokimiyat organlari qarorlarining quyi organlar uchun majburiyligi

Yuqori turuvchi davlat hokimiyati organlari o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar quyi organlarning ijrosi uchun majburiydir.

28-modda. Hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish

Hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.

29-modda. Hokimning prokuror protest bildirgan qarorlari qayta ko’rib chiqilishi majburiyligi

Hokimning O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga zid, prokuror protest bildirgan qarorlari shu hokimning o’zi tomonidan yoki yuqori turuvchi hokim yoinki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, zaruratiga qarab esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qayta ko’rib chiqiladi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Тoshkent sh., 1993 yil 2 sentabr, 913-XII-son


(O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 241-modda; 1999 y., 1-son, 20-modda; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 51-son, 514-modda; 2005 y., 52-son, 385-modda; 2007 y., 15-son, 153-modda; 39-son, 399-modda; 2008 y., 52-son, 513-modda; 2013 y., 52-son, 686-modda; 2014 y., 16-son, 177-modda, 20-son, 222-modda; 2015 y., 23-son, 301-modda; 2017 y., 24-son, 487-modda, 35-son, 914-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018 y., 03/18/454/0493-son, 24.07.2018 y., 03/18/486/1559-son, 09.01.2019 y., 03/19/512/2435-son)

2015-2019 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM