Tuman hokimligining vazifalari va funksiyalari

Тuman hokimining 2018 yil

9 sentabrdagi №1906-Q sonli

qaroriga 1-ilova

Paxtachi tuman hokimligi boshqaruv apparati to’g’risida

Nizom

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq tuman hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o’rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Boshqaruv apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qaror va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo’jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.

Boshqaruv apparati xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi.

4. Boshqaruv apparati o’z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.

5. Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

II. Boshqaruv apparatining vazifalari va funksiyalari

6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:

hokimning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o’zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o’zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o’rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;

hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklari, tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;

qishloq xo’jaligida islohotlarni va tarkibiy o’zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;

ah