Brifing: Asosiy maqsad-adolat va qonun  ustuvorligini  ta’minlash, bu borada  amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalomu alaykum hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilar, hurmatli tumandoshlar!

 

Bugungi  Brifingimizning mavzusi Asosiy maqsad-adolat va qonun  ustuvorligini  ta’minlash, bu borada  amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

Tuman prokuraturasi tomonidan  qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish, fuqarolarning  xuquq  va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini  himoya qilish borasida  muayyan ishlar  amalga oshirib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2023 yilning o‘tgan 4 oyi davomida prokuror nazoratining barcha sohalarida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 181 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi. Prokuratura aralashuvi bilan 20 ta noqonuniy hujjatlarga protestlar keltirildi, 8 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga 34 ta taqdimnomalar kiritildi, qonun talablarini buzgan 39 nafar shaxslar intizomiy, 36 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Sudga 2 mlrd. 820 mln. so‘mlik 20 ta da’vo arizalar  kiritildi.  Qo‘pol qonun buzilishlar yuzasidan 10 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Shu bilan birga men fuqarolarimizni murojaatlariga xam to‘xtalib o‘tmoqchi edim.

Fuqarolarning murojaatlariga ham jiddiy e’tibor qaratilib,
2023 yilning o‘tgan davri mobaynida  tuman prokuraturasiga 530 ta  murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarni 360 tasi yoki 68 foizi bevosita  prokuraturani o‘zida hal etildi. Ya’ni harakat qilayapmiz, boshka organga yubormasdan  o‘zimiz  ko‘rib chiqishga.

 Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida  10 nafar shaxslar intizomiy, 2 nafari ma’muriy javorbgarlikka tortilgan bo‘lsa. 1 jinoyat ishi  ham qo‘zg‘atilgan.

 

Endi e’tiboringizni tumandagi jinoyatchilik ahvoliga qaratmoqchiman. Tumanda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha jamoatchilik bilan hamkorlikda  ishlar qilinmoqda.

Biroq, shunga qaramasdan tumanda umumiy jinoyatchilik 100 tani tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 10 foizga oshdi.

Jinoyatlar har 100 ming aholiga 58 tadan to‘g‘ri kelgan.

 Asosan jinoyatchilikni oshishiga o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish  yo‘li bilan talon-toroj qilish, giyohvandlik janoyatlari va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari  ko‘payganligi  ham sabab bo‘ldi.

Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 2 taga (27-29), o‘ta og‘ir jinoyatlar 2 taga (4-6), o‘lim bilan tugagan yo‘l transport hodisasi 1 taga (3-4), o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish 1 taga (1-2), odam savdosi 1 taga (0-1), o‘lim bilan tugamagan yo‘l transport xodisasi 5 taga (2-7), giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar 3 taga (6-9) oshgan.  Shu kabi mast holatda sodir etilgan jinoyatlar ham 2 taga (6-8) oshgan.

Jinoyatchilikka qarshi kurashda asosiy e’tiborni mahallada sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga qaratdik.

Agar tahlil qiladigan bo‘sak, mahallada sodir etilgan jinoyatlar ham ko‘p.

Agarda mahalladagi jinoyatlarni oldini olinsa, jinoyatchilikka ham keskin kamayadi. Bunda albatta jamoatchilik  vakillari ham xuquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan yordam bersa  maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Shu o‘rinda bir holatni qayd etish kerak, hozirgi axborot asrida kiberjinoyatchilik salmog‘i oshib bormoqda. Har bir fuqaroda ijtimoiy tarmoqdan foydalanish imkoniyati mavjud. Ammo ushbu imkoniyatlardan foydalanish davomida firibgarlarning tuzog‘iga ilinib qolmoqda. Bunga asosiy sabab ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan reklama hamda turli xildagi takliflarga o‘z roziligini bildirishi  yoki yutuqli sovrinlar sohibi bo‘lganligi haqida yolg‘onlarga ishonib ularning talablarini bajarishi oqibatida o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartochkalardan pullari yechib olinishi holatlari ko‘p uchramoqda. Shu sababli, fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan ishonchga sazovor bo‘lmagan reklama, yutuqlar va boshqa holatlarga ishonmasligini, begona shaxslarga plastik kartochkalarni raqamini bermasligini, turli xildagi yutuqli o‘yinlarga  moyillik bildirmasligini  so‘rab qolamiz.

Buning misoli  mana o‘tgan 2022 yilda bunday holatlar 42 tani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning 4 oyida 24 ta holatda fuqarolarimizdan plastik kartochkalardagi pul mablag‘lari yechib olinganligi xaqida ichki ishlar organlariga  arizalar  kelib tushgan. Bu faqat  murojaat qilganlarni hisobi xolos.

Bundan tashqari ayrim  shaxslar  yangi  uylardan bepul olib beraman, yoki  subsidiya asosida uy olib  olib beraman deb aldab firibgarlik yo‘li bilan yillar davomida yig‘ib qo‘ygan pullarini qo‘lga kiritayotganligi holatlari ham  aniqlanmokda. Bu kabi aldovlarga ham ishonmasliklaringizni so‘rab  qolamiz. Bepul uy olib beraman deb  aldab pul talab qildimi, bu  firibgarlikdan dalolat. Afsuski mana shunday aldovlarga  uchrayotgan ishonayotgan fuqarolarmiz xam  ko‘p.

 Endi albatta, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, korrupsiya holatlarining oldini olishga bevosita bog‘liq.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha  qator  choralar ko‘rilayotganligiga qaramasdan bu kabi jinoyatlar ham  kamaymayapti.

Tumanda korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan 7 ta jinoyat ishlari bo‘yicha 9 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishlari mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan bo‘lsa, ushbu shaxslarning 5 nafari mansabdor shaxslar hisoblanadi.

Korrupsiyaga oid bo‘lgan jinoyat sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 7 nafari byudjet mablag‘larini yoki ajratilgan imtiyozli kreditlarni  o‘zlashtirish, 2 nafari firibgarlik va pora berishga dalolat qilish kabi jinoyatlarni tashkil qilgan. Endi qolganlari boshqa  turdagi jinoyatlarni tashkil  qiladi.

Shu fursatdan foydalanib, kelgusida barchamiz qonun talablariga og‘ishmay rioya qilishimiz, adolatni qaror toptirish orqali  inson qadrini azizlash bosh maqsadimizga aylanishi, xizmat vazifalarimizni vijdonan, mas’uliyat va tashabbuskorlik bilan bajarishimiz shart.

 

 

E’TIBORLARINGIZ UChUN RAHMAT!

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM