Ziyoratgohlar

Dabusiya (Dabusqal’a) qo’rg’oni

Zarafshon daryosi sohilida bir muqaddas joy bor. Bilganlar uni e’zozlab, «Avliyo Ota» deb ulug’laydi. Uni Dabus, Dabusiya qal’asi, Dabus, Dabusqal’a, Dahbusqal’a deb ham atashadi. Aytishlaricha, qadimda bu yerda ulkan shahar bo’lgan. Ammo bugungi kunda bu yerda na shahar bor, na odamlar yashaydi. Keng hududdan iborat maydonda son-sanoqsiz qabrlar mavjud. Vayronaga aylangan shahar tuproq ostida qolgan. Dabusqal’a deb nom olgan ulug’ shaharning bisotida yolg’iz yodgorligi – Imom Bahra Ota maqbarasi bor. Laylaklar bino tepasida bir juft in qurgan.


Imom Bahra ota

Allohning har bir bandasi o’z Vatani tarixini, xususan, ana shu muborak maskanning ajralmas bir parchasi bo’lmish o’zi tug’ilib kamolga yetgan mo’’tabar diyor tarixini bilishi benihoya zarur. Shuningdek, har bir kishi o’zi ulg’aygan zamin hududidagi ziyoratgohlar hamda hadisi sharifda yozilganidek, har bandaga oxiratni eslatadigan mozorlarda tuproq bo’lib yotgan aziz avliyolar to’g’risida mukammal tasavvurga ega bo’lmog’i shart. Chunki bu har bir kishining insoniy burchidir.

XX asrning birinchi choragi oxirlarida siyosiy maydondagi kurash o’zgacha tus oldi. G’alayonlar jarayonida kuchaygan jangu jadallar tufayli yuz bergan dahshatli to’ntarish o’z hukmini o’tkazdi. Zanjirlari zil, dardchil erksizlik hamda bilmaslik zaminida ko’pchigan nodonlik sababli tafakkur osmonini shubhalar pardasi qopladi. Armonli yillar soyasida tasavvurlar  birmuncha xira tortdi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM