Paxtachi tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli barcha maktablarning ijodiy jamoalari 25-sonli Musiqa va san’at maktabida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag’ishlab badiiy kecha o’tkazishdi. Navoiy asarlariga sahnalashtirilgan ko’rinishlar, g’azallari asosida g’azalxonlik barcha yig’ilganlarda, ayniqsa yoshlarda katta taassurot qoldirdi.