Matbuot anjumani: Mahalla ma’naviyat beshigi
Mon, 21/08/2023 - 14:45Mahallalar qadim-qadimdan ezgulik beshigi, tarbiya oʻchogʻi, yashash tarzi, milliy udumlar, urf-odat va anʼanalar shakllangan maskan boʻlib kelgan. Odamlarni bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvatli, saxovatli qilib qoʻyishda, oʻziga xos jamoani shakllantirishda mahallalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, bugungi kunda mahallalar davlat boshqaruvining birinchi boʻgʻinlari, asosiy ustunlari sifatida eʼtirof etilayotgani ham bejiz emas.