Munosabat

PAXTACHIDA О‘QITUVCHI VA О‘QUVCHILAR HASHARGA MAJBURLANMOQDA mavzusidagi ijtimoiy tarmoqqa chiqarilgan video tasvirga munosabat

Paxtachi tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida texnik xodimlar maktab hududini obodonlashtirish ishlarini va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari sport maydonini chiziqlarini chizayotgan vaqtda videoga olib o‘qituvchilar va o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilinmoqda degan noto‘g‘ri ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Ushbu ma’lumotlar yuzasidan Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan vakolati doirasida o‘rganilib maktab ma’muriyati va pedagog jamoasiga qo‘yidagicha munosabat bildiradi:
O‘quv yili davomida pedagog xodimlar faqat o‘z mansab lavozim doirasidagi ishlar bilan shug‘ullangan. Maktab ma’muriyati yoki yuqori tashkilotlar tomonidan hech qanday majburiy mehnatga jalb qilish holatlari kuzatilmagan. 
Hozirgi vaqtda Paxtachi tumani kambag‘allikni qichqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda va qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM