MY5 televideniyasi MUNOSABAT

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

MY5 televideniyasida Qarnabotadan fuqarolar murojaati asosida lavha efirga berildi.

Unda Qarnabota qishlog’I yo’li va qurilshi boshlangan sport maydoni oxiriga yetmagani tanqid ostiga olingan.

Qarnabota qishlog’ida bo’lgan jurnalistlar haqiqatda qishloqda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini guvohi bo’lishdi. Qishloqda oxirgi yillarda ko’plab bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Oxirgi 5 yilda qishloqdagi mavjud 2 ta mahalla  Qarnabota va Chashma mahalla binolari hamda 45-umumiy o’rta ta’lim maktabi to’liq ta’mirlandi. Aholini internet aloqasi bilan ta’minlash maqsadida tarmoq tortilib qishloq ahli internet tarmog’I bilan ta’minlandi. Tabbiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 700 metrlik gaz tarmog’I tortildi. Shuningdek, qishloq yo’llarini  yaxshilash maqsadida 4,5 km yo’l asfatlandi. Qarnabota qishlog’Ida yashovchi aholini elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 30 ta beton tayanchlar 1 dona 250 kVt.li tranformator o’rnatilmoqda. 500 metr zamonaviy havo tarmog’I tortilmoqda.

Joriy 2023 yilda qishloqda 1,1 mlrd. so’mga Musiqa maktab binosi va 500 mln so’mga tadbirlar zali qurilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 465-Qarori bilan Paxtachi tumani Qarnabota qishlog'ida 8-Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi qayta qurilmoqda.

Yuqoridagilarning barcha Paxtachi tumanining eng olis qishlog’I Qarnabotada istiqomat qiluvchi insonlar va ularga munosib turmush sharoitlari yaratish uchun.  

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM