Samarqandda bepul Wi-Fi zonalari qayerlarda tashkil etildi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi “2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3609-son qaroriga asosan Samarqand viloyatidagi quyida keltirilgan 13 ta ob’ekt atrofida bepul (1 Mbit/s gacha) va pulli (10 Mbit/s gacha) Wi-Fi zonalari tashkil etildi:

  • Registon maydoni;
  • Samarqand xalqaro aeroporti;
  • Тemiryo’l vokzali;
  • Hazrati Хizr masjidi;
  • “Afrosiyob” muzeyi;
  • “Amir Тemur” maqbarasi;
  • “Хo’ja Doniyor” maqbarasi;
  • “Shohi Zinda” ansambli;
  • M.Ulug’bek rasadxonasi;
  • “Bibixonim” majmuasi;
  • Al-Buxoriy majmuasi;
  • “Siyob” bozori;
  • M.Ulug’bek avtoshoxbekati

Hozirgi kunda Wi-Fi zonalari sonini oshirish bo’yicha ishlar davom etmoqda.

Yuqorida ko’rsatilgan ob’ektlarda Wi-Fi ga ulanganda, foydalanuvchiga bepul va pulli Wi-Fi tarmog’iga ulanish taklif etiladi.

Foydalanuvchi bepul tarmoqni tanlasa, unga 30 sekundli reklama roligi ko’rsatiladi, ushbu rolikni ko’rib bo’lgandan so’ng bepul Internet tarmog’idan foydalanishi mumkin. Internetga ulanish tezligi 1 Mbit/s gacha bo’ladi.

Agar foydalanuvchi pulli Internetga ulanmoqchi bo’lsa, unda unga Internet tarmog’idan foydalanish davomiyligi vaqti taklif etiladi. Foydalanuvchi 1, 3, 9, 24 soat va 1 hafta davomida Internet tarmog’idan foydalanishlardan birini tanlaydi, ularning narxi ham turlicha bo’lib, mos holda 1000, 2000, 4000, 6000 va 24000 so’mni tashkil etadi.

Foydalanuvchi o’ziga kerakli tarifni tanlab, to’lovni Click yoki Payme tizimlari orqali amalga oshiradi va Internet tarmog’iga ulanadi. Ushbu holatda foydalanuvchining Internet tarmog’iga ulanish tezligi 10 Mbit/s gacha bo’ladi.

Manba: viloyat hokimligi rasmiy veb-sayti

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM