“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yilning 25 aprel kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Paxtachi tumanida tadbir tashkil etildi. Тadbirda O’zbekiston Respublikasi IIV Тransportda xavfsizlikni ta’minlash Bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik S.S.Abzalov, Bosh boshqarmaning huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik E.I.Gulyamov, Samarqand viloyati transportdagi xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik E.M.Alkarovlar ishtirok etishib, bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz tomonidan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida bergan topshiriqlari ijrosi haqida to’xtalib o’tishdi.

Davra suhbatida Paxtachi tumanida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirilar ekan, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar tanqidga olinib, aytib o’tildi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM