Matbuot anjumani:

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzu: Paxtachi tumanida 2023 yil yakunlari va 2024 yildagi rejalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Davlatimiz rahbarining “Har bir kun bu imkoniyat, har bir kun bu kelajak poydevori” degan shior bugundan boshlab hayotimiz qoidasiga, har qaysi rahbarning, barcha xalq noiblari, vazir va hokimlarning kundalik faoliyat dasturiga aylanishi shart degan so‘zlarini biz rahbarlar doimo yodda saqlab ish yuritishimizni talab qilmoqda.

Bugun men 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida Paxtachi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha belgilab olingan yangi majburiyatlarimiz va ustuvor yo‘nalishlarimiz xamda 2024 yilga oldimizga ko‘yilgan rejalarimiz bo‘yicha ma’lumot berib o‘tmoqchiman.

O‘tgan 2023 yil davomida sanoat sohasida 749,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 108,3 foizga yetkazildi.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 4960,0 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

-xizmat ko‘rsatish hajmi 627,2 mlrd.so‘mga o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,8 foizga yetkazilib, Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 4150,7 ming so‘mni yetkazilib, o‘tgan yilga nisbatan 729,5 ming.so‘mga ko‘paydi.

-qishloq xo‘jaligi sohasida 2,1 trln.so‘mlik yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,3 foiz o‘sish sur’ati bilan aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 13,9 mln.so‘mga yetkazilib, o‘tgan yilga nisbatan 1015,8 ming.so‘mga ko‘paydi.

-qurilish-pudrat ishlari hajmi esa 228,5 mlrd.so‘mga yoki o‘tgan yilga nisbatan 102,4 foizga yetkazilib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qurilish-pudrat ishlar hajmi 1512,1 ming.so‘mga yetkazilib, o‘tgan yilga nisbatan 86,3 ming.so‘mga ko‘paydi.

Mahalliy byudjet rejasini 102 mlrd so‘mga yoki rejaga nisbatdan 112 foizga bajarildi.

Tumanda o‘tgan yil davomida 272 ta kichik beznis sub’ektlari va 745 ta yakka tartibdagi tabirkolar yangidan tashkil qildi.

Bandlik dasturi bo‘yicha 31052 nafar bandligi ta’minlandi va reja 141,4 foizga bajarildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2850 nafar fuqarolarga 56,3 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar berildi.

2024 yildagi rejalar;

2024 yil davomida -sanoat sohasida 832,2 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan

108,4 foizga.

-xizmat ko‘rsatish hajmi 721,2 mlrd.so‘mga o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,3 foizga.

-qishloq xo‘jaligi sohasida 2,4 trln.so‘mlik yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,7 foizga.

-qurilish-pudrat ishlari hajmi esa 242,7 mlrd.so‘mga yoki o‘tgan yilga nisbatan 106,2 foizga yetkazilishi prognoz qilingan.

2024 yil daomida 358 ta kichik beznis sub’ektlari va 663 ta yakka tartibdagi tabirkorlar yangidan tashkil qilinadi.

Bandlik dasturi bo‘yicha 18040 nafar aholi bandligi ta’minlanadi

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2400 nafar fuqarolarga 48 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar beriladi.

Sizlarga bermoqchi bo‘lgan ma’lumotlarim mana shulardan iborat bo‘lib, qandaydir savol yoki takliflaringiz bo‘lsa ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda yozib qoldiring, o‘rganib batafsil javob berishga harakat qilasiz.

 

E’tiboringiz uchun rahmat.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM