Sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudi bugun 27 fevral kuni Paxtachi tuman Madaniyat markazida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sayyor sud majlisida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlashga oid jinoyat ishi va qasddan badanga yengil shikast yetkazish oid jinoyai shlari sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sayyor sud majlisida Paxtachi tuman IIB JXX Probatsiya guruhida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar tuzalish yo‘liga o‘tganligi uchun ularning 9 nafar nisbatan JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi shuningdek, 1 nafar shaxs jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlaganligi uchun og‘irroq jazoga almashtirildi.

Paxtachi tuman IIB boshlig‘i tomonidan muqaddam sudlangan 4 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risidagi taqdimnomalari qanoatlantirildi.

 Shuningdek, 3 nafar shaxsning sudlanganlik holatini olish yuzasidan tuman sudiga yo‘llagan iltimosnomalari qanoatlantirildi.

 Sayyor sud majlisida davomida 28 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilib, shundan 11 ta ish oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik, 3 ta ish haqorat qilish, 3 ta ish ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, 4 ta ish mayda bezorilik, 1 ta ish savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish va boshqa turdagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqildi. 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM