"Giyohvandlikka qarshimiz"

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Hozirgi vaqtda giyohvandlik balosi insoniyat hayotiga jiddiy xavf solayotgan, uning aziz va mukarramligiga putur yetkazayotgan mash’um illatlardan bo‘lib turibdi. Bejizga uni “asr vabosi” deb sifatlashmagan.   

Hozirgi kunda yer yuzidagi narkobiznesda aylanayotgan pul mablag‘i dunyo aholisining oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, ta’lim tizimi va tibbiy xizmatga sarflanayotgan xarajatlaridan ancha ko‘pligi bilan farqlanishi hech kimga sir emas.

 Eng achinarlisi, giyoxvandlik og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabbab bo‘lmoqda.

Giyohvandlikka qarshi qurashni kuchaytirish maqsadida BMT tomonidan “Narkotik moddalar to‘g‘risida”gi, “Psixotrop moddalar” hamda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi qurash tug‘risida”gi konvensiyalar qabul qilinib, 1987 yil 7 dekabrdagi 47/112-sonli rezolyusiyasiga ko‘ra “26 iyun - Xalqaro narkotik moddalarini suiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan.

O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi asosiy tanlagan yo‘li transmilliy uyushgan jinoiy guruhlar narkotik vositalarni kontrabanda qilish uchun respublika hududidan foydalanishining oldini olish, giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, giyohvandlik vostalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish samaradorligini ta’minlash, giyohvandlikka chalingan bemorlarga kafolatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, bu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Yurtimizda, “Giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalar to‘g‘risida”gi 1999 yilda qabul qilingan Qonun amalga kiritilishi bilan inson aql idrokiga ta’sir etuvchi moddalarni iste’mol qiluvchi shaxslarga nisbatan munosabat o‘zgarib, insoniylik tamoyillari kuchaytirildi. Giyohvandlikka chalingan bemorlarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ushbu qonun bilan giyohvandlikka qarshi kurashda bu illatning profilaktikasini ta’minlash choralari belgilangan.

Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositasining noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilangan. Jinoyat qonunchiligida bu jinoyatlarga, ayniqsa, voyaga yetmaganlarni jalb qilishiga alohida hol deb qaraladi. Jinoyat qonunchiligidan tashqari yana bir qator qonunlarimiz ham giyohvandlikka qarshi qaratilgandir.

Bulardan tashqari, respublikamiz qonunlarida salbiy holatlar, g‘ayriqonuniy ishlar va jamoat uchun xavfli harakatlarga qarshi tarbiyaviy vositalarni qo‘llash kabi tadbirlar belgilangan.

Xulosa o‘rnida shuni aytishim joyizki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, av­valo, organizmda unga qarshi immunitet hocil qilinishi darkor. Demak, giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni bu balodan asrash uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish, shu orqali fuqarolarimiz ongu shuurida immunitetni kuchaytirishimiz zarur.

 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi

tuman sudining raisi J.Botirov

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM