IT ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash muhokama qilindi

IT ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash muhokama qilindi

image

Raqamli texnologiyalar vazirligida tashkil etilgan forum malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi.

 

Forum yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi.

 

Tadbirda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, IT-ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilab berilgan vazifalar va qarorlar ijrosini ta’minlash borasida kerakli ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

Xabaringiz bor, “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024 yil 1 fevraldagi Prezident qaroriga asosan “IT-Talents” dasturi joriy etilgan edi.  

Mazkur forumda yuqoridagi qarorning ijro mexanizmi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.  

 

“IT Talents” dasturi — IT-Park rezidenti bo‘lgan IT-xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab beruvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish hamda kengaytirishni rag‘batlantirishga qaratilgan loyiha hisoblanadi.  

Yuqoridagi qarorga asosan, 2024 yil 1 martdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.  

 

 

Ingliz tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etiladi.  

Forum davomida bugungi kunda o‘quv markazlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, IT-eksport kompaniyalarning mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji hamda IT-kurslarga bo‘lgan talablar, shuningdek, biznesni rivojlantirishga doir foydali ma’lumotlar taqdim etildi.  

Shuningdek, tadbir davomida IT-xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyalarning soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoji va talablari hamda IT-sohasidagi o‘quv markazlarida sifatli kadrlar tayyorlash to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM