O'zbekiston bo'yicha 2024 yil 16-18 fevral kunlariga ob-havo prognozi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston hududiga o‘tgan kechasi sovuq havo massalari kirib kelishi boshlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayishi 28 m/s ga yetdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati shimolida havo harorati ertalab 11-17o sovuqqacha pasaydi.

Bugun sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Kun davomida hududning katta qismida harorat 0-5o iliqqacha pasayishi kutilmoqda, shimolda harorat 3-8o sovuq atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari kechalari harorat 3-8o sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 3o sovuq-2o iliq atrofida, ba’zi joylarda 5o iliqqacha bo‘ladi. Shimolda harorat kechalari 11-16o sovuq, 3-8o sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun kunduzi yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, yomg‘ir qorga aylanadi. Dam olish kunlari Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 16 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

 

Poytaxtimizda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Bugun kunduzi harorat 0-3o iliq, shanba va yakshanba kunlari kechalari 3-5o sovuq, kunduz kunlari 1o sovuq-2o iliq bo‘ladi.

 

2024 yil 16 fevral

O‘zgidromet

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM