Xususiy korxona mulklarini direktor o‘zi sotib olishi mumkinmi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Fuqarolik kodeksining 386-moddasiga asosan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi.

Ushbu qoidadan tushuniladiki, oldi-sotdi munosabatida ikkita alohida shaxslar ishtirok etishi kerak: mulkni sotuvchi hisoblangan mulk egasi va shu mulkni sotib oluvchi hali mulkdor bo‘lmagan shaxs.

“Xususiy korxonalar to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi.

Shuningdek, mazkur Qonunning 14-moddasida xususiy korxonaning mulkdori (ya’ni ta’sisichisi) korxonaning yakka boshqaruvchisi, ya’ni yakka tartibda boshqaradigan rahbari hisoblanishi ko‘rsatilgan.

Ko‘rinib turibdiki, xususiy korxonada uning ta’sischisi ham, uning rahbari ham aynan bir shaxs hisoblanadi, boshqacha aytganda, xususiy korxonaning balansidagi mulklar bir vaqtning o‘zida korxona ta’sischisi, ya’ni korxona direktorining mulki hamdir.

Demak, xususiy korxonaning direktori bir vaqtning o‘zida ta’sischi hisoblansa, shu korxonadagi o‘z mulkini o‘zi sotib olishi to‘g‘ri bo‘lmaydi.

 

Paxtachi tuman YuXKM

bosh yuriskonsulti                                                A.Pataev

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM