Endi futbol o‘yinlarida ko‘k kartochkalar ishlatiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Futbolda yangi ko‘k kartochka paydo bo‘ladi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hakam bunday kartochkani futbolchilarga xavfli hujumni to‘xtatib qo‘yadigan taktik qoidabuzarlik uchun, shuningdek, uchrashuv rasmiysi bilan keskin tortishgani uchun ko‘rsatadi.

Agar futbolchi ko‘k kartochka olsa, u 10 daqiqaga maydondan chetlatiladi. Agar o‘yinchiga ikkita ko‘k kartochka yoki sariq va ko‘k kartochkalar kombinatsiyasi ko‘rsatilsa, bu o‘z-o‘zida qizil kartochkaga aylanadi.

Futbol o‘yini qoidalarini boshqaradigan va tartibga soluvchi Xalqaro futbol assosiatsiyasi kengashi (IFAB) 9 fevral kuni yangi kartochkanin qachon sinovdan o‘tkazilishi haqida ma’lumot beradi.

Dastlab, ko‘k kartochkani sinovdan o‘tkazish yuqori darajadagi musobaqalarga ta’sir qilmaydi, ammo yozda ingliz klublsri turnirlarida, jumladan, erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasidagi Angliya kubogida qo‘llanishi mumkin.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM