Qora oqsoq (brusellez) kasalligi profilaktikasi bo’yicha

Qora oqsoq (brusellez) kasalligi profilaktikasi bo’yicha .

                            Tavsiya.

Qora oqsoq (Brusellyoz) dunyoda eng ko’p tarqalgan  bakterial, zoonoz, infeksion – allergik  kasallik bo’lib , o’z vaqtida to’g’ri  davolanmasa  surunkali shaklga o’tishi  mumkin bu kasallik  organizmning  turli tizim  va a’zolari shikastlanishi mumkin. Kasallik, kuchli terlash, intoksikatsiya tana haroratining  ko’tarilishi  5 kun va undan  yuqori ,,muskullar og’rig’I, jigar, taloq, limfa tugunlari kattalashishi, nerv  sistemalari va jinsiy a’zolari shikastlanishishiga  olib keladi. Quyidagi holatlarda  kelib  chiqishi mumkin.

1.Insonlarda Qora oqsoqning bahorgi va yozgi  mavsumiyligi  mayda shoxli hayvonlarning  shu davrda ommaviy  bolalash bilan bog’liq.

2.Uzbekiston sharoitida odamlar uchun  asosiy infeksiya  manbalari  qo’y echki  va mollardir. Cho’chqalarning  infeksiya manbayi sifatidagi roli kam.

3.Insonlarda kasallanishni  kamaytirish uchun  chorvaning kasallanishi oldini olish va ularni  nazorat  qilish va ishlarini kuchaytirish  kerak. Odamlarning brusellez bilan  kasallanishi  mahalliy uy hayvonlarida  ushbu kasallik mavjudligining  belgisidir. (Indikatori)

4.Qora oqsoqni yuqtirish xavfi yuqori bo’lganlar. Kasblar: kushxona ishchilari, kassoblar, chorvadorlar, cho’ponlar, veterinariya xodimlari, sut sog’uvchilar, Qora oqsoq  kulturalari  bilan ishlovchi  laboratoriya xodimlari.

5.Kasal hayvonlarning  sutini qaynatmay ichish, xom sut qo’shib tayyorlangan mahsulotlarni  is’temol qilmaslik..

6.Kasallangan hayvonlarni parvarishlash davrida  ular bilan muloqotda bo’lish (Ularning siydigi, bachadon va qin ajratmalari, junlari bilan).

7.Molxonalarni  tozalashda, infeksiya yuqqan hayvonlar junini  olish davrida, brusellalarni  o’zida tutgan  chang zarralari bo’lgan  havodan  nafas olish, davrida yuqishi.

8.Chala pishirilgan  go’sht, jigar, taloq, suyak iligi  va qonni iste’mol qilish, kasal hayvonlar  juni va terisi bilan ishlash davrida yuqishidan - Ogoh bo’lish.

 

Tayyorladi: Tuman kengashi deputati.

Vrach K. K. Berdiyarov. 01. 2024y.

 

 

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM