Quturish- bedavo  o’ta  xavfli yuqumli  kasallik,

Quturish yoki gidrofobiya (suvdan qo’rqish )-barcha issiqqonli  hayvonlar va odamlarda uchraydigan,quturgan  hayvonlarning tishlashi (tirnashi,Sulaklashi) natijasida odamlarga yuqadigan ,asosan asab tizimini  shikastlanishi bilan kechadigan,virus tabiatli,bedavo  o’ta xavfli  yuqumli kasallikdir.

Kasallikning asosiy manbalari:Uy hayvonlari uchun quturish kasalligining  asosiy manbalari –bo’ri,Chiyabo’ri, tulki,Kurshapalaklar  hisoblansa.  Odamlar  uchun  kasallikning asosiy  manbalari  it,mushuk, va yovvoiyi  hayvonlardan bo’ri ,tulki, chiyabo’ri hisoblanadi.

Quturish odamga qanday yuqadi? Quturish kasalligi odamga  asosan quturgan hayvonlarning  tishlashi, tirnashi va sulaklashi  oqibatida  hayvon sulagi orqali yuqadi. Bundan tashqari, virus  odamga jarohatlangan  teri va shilliq qavatga qutirgan hayvonlarning  sulagi tegishi natijasida ham yuqishi mumkin. Mazkur kasallik hayvonlardan hayvonga, hayvonlardan odamga yuqadi, lekin odamdan odamga ,odamdan hayvonlarga yuqmaydi.

Quturish kasalligi odamlarda qanday alomatlar bilan kechadi? Quturish kasalligi klinik kechishiga qarab , uch davrga bo’linadi: Boshlang’ich, quzg’alish, va falaj davrlari. Kasallikning boshlang’ich  davri 1-3 kun davom etadi.  Tishlangan joy o’rni qichiydi, tortishib og’riydi uyqusi buziladi, ishtahasi bug’iladi, qurquv  hissi paydo bo’ladi. Kasallik boshlangandan 2-3 kun utgach, bemorda  kuzg’alish, ya’ni kasallikning  avj olish davri boshlanadi. Bemorning tana harorati ko’tariladi. Qon tomirlarning urishi tezlashadi. Suvni ko’rganda , hatto suv tug’risida eshitganda  ham yutish muskullari  tortishib, qisqarib qattiq og’riydi. Yutinish qiyinlashadi  ya’ni bemorda  suvdan qo’rqish (gidrofobiya ) alomati  paydo bo’ladi. Shundan keyin bemordagi bu alomatga  havodan qo’rqish (aerofabiya) alomati ham qo’shiladi. Bundan keyin yorug’likdan (fotofobiya) baland ovoz  va shovqindan ham (akustofobiya) vujudga keladi. Bemorning uyqusi  buziladi  o’z-o’zini  tishlaydi. Bemor o’z atrofidagilarni  urishi, tishlashi, o’zini kiyimlarini yirtishi mumkin. Kasallikning uchinchi  davri, ya’ni  falaj davrida suvdan, havodan, yorug’likdan  va shovqindan  qo’rqish alomatlari  ancha kamayib, bemor tinchlanadi. suyuqlik  icha boshlaydi, ovqatlangisi keladi lekin tana harorati yuqoriligicha qoladi. So’zlarni aniq aytolmaydi, oyoqda, (paraplegiya) oradan 15-20 soat o’tgandan so’ng  boshqa organlarda ham falajlanish boshlanadi. Bemordan ko’p sulak oqadi. Bemor yurak-qon tomir  faoliyati  yetishmovchiligi  yoki  nafas  markazining  falaji oqibatida  vafot etadi.

Xo’sh fuqoralarimiz bu bedavo o’ta xavfli yuqumli kasallikdan saqlanishi uchun  nimalarga e’tibor  berishlari kerak? Bular quyidagilar: 1. Egasiz daydi  itlarni  paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik.2. Egali itlarni  hududiy veterinariya  xizmati idorasiga  o’z vaqtida hisobga qo’yib, quturishga qarshi emlatish. 3. It saqlash qoidalariga  qat’iyan amal qilish. 4. It va boshqa hayvonlar tishlashidan saqlanish. 5. Bordi-yu biror bir  hayvon tishlasa, unda zudlik  bilan tibbiy yordamga  murojaat qilish

 

Tuman kengashi deputati

Vrach epidemiolog: K.K.Berdiyarov.

Paxtachi ro’znoma .                                 

 

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM