Tashqi reklamalar qonun talablariga mos mi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Kecha, 31-yanvar kuni О‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga mosligini o‘rganish bo‘yicha Paxtachi  tuman hokimligi ishchi guruhi tumandagi Istiqlol ko‘chasidagi tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan reklama obyektlari o‘rganilib chiqildi.
  
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga to'g'ri kelmagan, tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga, reklama qilish uchun tegishli idoralardan ruxsat olmasdan o‘rnatilgan reklamalar olib tashlandi.

Shuningdek, Tashqi reklamaning qonun xujjatlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.

N.Shodiyeva
Paxtachi tumani hokimining maslahatchisi

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM