Brifing

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 Paxtachi Tumanda 2023-yilda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan

                                                 MA’LUMOT

 

            Tuman SEO va JS bo‘limining asosiy vazifasi  aholining tibbiy madaniyatini oshirish orqali yuqumli kasalliklar bilan kasallanishni oldini olish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish. Eng birinchi navbatda bu jarayonlarda nafaqat tibbiyot soxasi, balki butun jamiyatimiz birdek ma’sul ekanligini alohida ta’kidlash joiz deb bilaman. Bugun, davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turgan aholi sog‘ligini mustahkamlash, bunda, yuqumli kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida tuman sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan xam bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

      Jumladan: 2023 yilda aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish xamda yuqumli kasalliklar bo‘yicha xavfni erta aniqlash maqsadda bakteriologiya va parazitologiya laboratoriya taxlilari asosida ishlar olib borildi. Ular to‘liq tibbiy asboblar va diagnostikumlar bilan ta’minlandi.

      Tuman SEO va JS bo‘limi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida  tuman hududida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar qayd etilmadi. Mavjud 60 turdagi yuqumli kasalliklardan  22 turidagi yuqumli kasalliklar ro‘yxatga olindi.

       Bo‘lim tomonidan barcha qayd etilgan  kasallik o‘choqlarida epidemiologik surishtirish ishlari va yakunlovchi dezinfeksiya tadbirlari olib borildi.

        O‘z vaqtida o‘tkazilgan epidemiyaga qarshi tadbirlar natijasida aholi o‘rtasida trixofitiya, qo‘tir va sil kasaliklarining  oilaviy xolatda qayd etilishini oldi olindi.

        2023 yilda  2 yoshgacha bo‘lgan bolalar 13 xildagi boshqariladigan yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ko‘rsatgichi 99.7 % ni tashkil etadi.

Shuningdek axoli o‘rtasida gripp kasalligini oldini olish maqsadida tumandagi 2840 nafar o‘qituvchi va texnik xodimlar, 1563 ta tibbiyot xodimlari, 6145 nafar maktabgacha ta’lim bo‘limi ishchi xodimlari va bolalar, xamda 350 nafar 65 yoshdan yuqori axoli qatlami grippga qarshi “grippo plyus” vaksinasi bilan davlat mablag‘lari xisobidan emlandi. Xamda qon bilan ishlaydigan 250 nafar tibbiyot xodimlari virusli gepatit Bga qarshi emlandi.

 Respublikada qizamiq buyicha noxush epidemiologik xolat kuzatilayotganligini xisobga olib 7475 nafar 6 oylikdan  7 yoshgacha bolalar xamda katta yoshdagi emlash olmagan axoli emlandi.

Shuningdek virusli gepatit A kasalligi bolalar o‘rtasida ko‘plab qayd etilayotganligi va kasallikning  oldini olishning eng samarali usuli emlash ekanligini  hisoblanib tumandagi 1250 nafar bolalar ota onalari tomonidan vaksina markazlaridan vaksinalar xarid  qilinib emlandi. 15 nafar kam ta’limlangan oilalarning bolalari davlat mablag‘lari xisobidan emlandi.

 Tumanda  davlat tasarrufidagi 18 ta  va xususiy 13 ta DPMlar mavjud bo‘lib,  DPM bo‘limlarida 39 ta tekshiruv monitoring o‘tkazilgan.  Shundan 38 ta davlat tassarufidagi va 1 ta xususiy DPMlarda o‘tkazilgan. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 63 nafar xodimlarga ma’muriy  bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 2023-yilda 9 ta DPM  ish foaliyati vaqtincha  rejaga ko‘ra  to‘xtatildi va SanQvaM talablari  asosida ta’mirlash, yuvish dezinfessiya ishlari o‘tkazildi.

   Xuddi shu tartibda o‘tkazilgan tekshirishlari natijasida tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklarga asosan 70 ta mansabdor va javobgar shaxslarga ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan, 3 ta ob'ekt ish  faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan, 35 ta ishchi-xodim davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi sababli vaqtinchalik ishdan   chetlashtirilgan.

        Tumanda aholi o‘rtasida ovqatdan zaxarlanish va botulizm kasalligini  oldini olish maqsadida  60 ta oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar, 85 ta umumiy ovqatlanish korxonalari, 82 ta savdo ob’ektlar  ro‘yxati shakllantirilib sanitariya tavsiyanomalar berildi. 2023 yil davomida  jami 125 ta  tadbirkorlik ob’ektlarida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 

        Tumandagi barcha dehqon bozorlarida  tuman veterinariya  bo‘limi xodimlari, ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda reydlar o‘tkazildi. Reydlar davomida jami 32 ta xolatda 1571 kg iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari aniqlanib savdodan oldirildi va belgilangan tartibda yo‘q qilindi. Jumladan, konserva 10 litr, meva sabzavot 1065 kg, o‘simlik yog‘i 33,5 kg va boshqa mahsulotlar 462,5 kilogrammni tashkil qiladi.

         Bo‘lim tomonidan  mahallabay ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 martdagi PF-33-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi  bosh sanitariya vrachining 2022 yil 24 martdagi №21-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  4 ta sektordagi maxallalarga jami 15 ta xodim biriktirildi. Tumanda 59 ta maxalla, 31477 ta xonadon bo‘lib 15 ta biriktirilgan xodimlar tomonidan kunlik ishlar olib borilgan. 2023 yil  davomida   59 ta maxalla to‘liq o‘rganilgan bo‘lib, jami o‘rganilgan xonadonlar soni 29287 tani tashkil etadi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar 237 ta bo‘lib joyida bartaraf etish choralari ko‘rilgan, 2406 ta xonadonga tavsiyalar berildi.

 Bu kabi profilaktik tadbirlar ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda doimiy olib borilmoqda, jumladan Inson salomatliggiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risida 2ta breyfing o‘tkazildi va tumanning “Ziyovuddin” kanaliga ovqatdan zaxarlanishni oldini olish, yukumli kasalliklar profilaktikasi xamda vaksinatsiya mavzularida malumotlar berilib kelinmoqda.

        2023 yil davomida murojaatlar bilan ishlash bo‘limiga jami 53 ta murojaat tushgan bo‘lib, shundan tuman va viloyat xokimligi tomonidan 14 ta, O‘zbekiston Respublikasi  Prezident ishonch telefonidan tushgan 21 ta va yozma murojaatlar 15 ta, og‘zaki murojaatlar 3 ta bo‘lib, barchasi o‘z vaqtida ijobiy hal etilgan.

        Bolalar o‘rtasida parazitologik kasalliklarni oldini olish maqsadida jami 56710 ta laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan shundan 1009 nafar bolalarda parazitar  kasallik aniqlangan. Aniqlangan kasalliklarning 366 tasida geminalipidoz, 645 tasida entirabioz ekanligi ma’lum bo‘lgan. Kasallik aniqlangan bolalar o‘z vaqtida davolanishi va qayta tekshiruvdan o‘tishi kerakligi ota onalarga tushuntirildi.

2023 yilda jami 21ta maktablarda parazitologik kasalliklar buyicha kursatgichi yuqorili bo‘lganligi sababli 5500 nafar o‘quvchilar albendazol  SD-400 dorisi bilan degilmintezatsiya qilingan.

Tumanda bezgak kasalligini oldini olish maqsadida xam profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinib 3 kundan ortiq isitma qilgan 872 nafar bemorlar va bezgak bo‘yicha noxush xududlarda  bo‘lib kelgan 29 nafar fuqarolardan qon olib tekshirilgan. Tekshirish natijasi bo‘yicha bezgak kasalligi aniqlanmagan.

           Bakteriologik laboratoriya tomonidan 2023 yilda  jami 9788 ta bakteriologik tekshiruvlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan diagnostik maqsadda 4296 ta, profilaktik maqsadda 5492 ta, sanitariya bakteriologik tekshiruvlar 4600 ta o‘tkazilgan.  Oziq-ovqat mahsulotlari 226 ta tekshirilgan bo‘lib shundan 4 ta talabga javob bermaydigan namunalar aniqlangan. Ushbu namunalar tegishli tartibda iste’moldan olinib yo‘qotilgan. Laboratoriya tomonidan  1186 ta ichimlik suv tekshirilgan bo‘lib 51  tasi sanitariya  normalaridan yuqori ekanligi  aniqlandi. Aniqlangan namunalar asosida tuman suv oqava  tashkilotiga sanitariya talabnomalar berilgan xamda xamkorlikda suv tarmoqlarida reviziyalar o‘tkazilgan va barcha nuqtalardan qayta namunalar olingan.

         Dezinfeksiya bo‘limi tomonidan 2023 yilda  yuqumli kasallik o‘choqlarida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun jami 878 ta buyurtma tushgan bo‘lib ulardan  MTMlaridan 74 marta,   maktablardan 196 marta va 5  tasi boshqa umumiy jamoalardan tushgan. Barcha buyurtmalar bo‘yicha dezinfeksiya ishlari to‘liq o‘tkazildi.

 

 

 

Paxtachi tuman SEO va JS bo‘lim boshlig‘i:                          M.Rasulov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM