PQ-7 sonli qaror bo‘yicha Paxtachi tumani Oqtepa mahallasida respublika ishchi guruhi tomonidan targ‘ibot-tashviqotlari olib borildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumaniga PQ-7 sonli qarorni targ‘iboti yuzasidan tashrif buyurgan ishchi guruhning Oqtepa mahallasiga yo‘naltirilgan vakillari Milliy bank hodimlari, viloyat Kadastr agentligi hodimlari, tuman “Mikrokredit bank” AJ rahbari hamda Oqtepa mahallasi hokim yordamchisi tomonidan Oqtepa mahallasida Kasanachilik yo‘nalishi bo‘yicha tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan xonadonlar o‘rganildi.

Jumladan, Gʻaybullayev Xamdam honadoniga borib o‘rganilganda avval xunarmandchilikning Ganch uymakorligi yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borganligi, hozirda Kasanachilikning Ganch uymakorligi yo‘nalishida faoliyatini boshlab, ustoz-shogird an’analarini amalga oshirib, mahalladagi kasb-hunar o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lgan ishsizlarni band qilishini ma’lum qildi. 

 Ergashev Baxtiyor o‘z xonadonida kasanachilikning Temirchilik yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borib, hozirda PQ-4742 sonli qarori bo‘yicha o‘zini-o‘zi band qilganligi va kelgusida ustoz-shogird an’analari bo‘yicha faoliyatini kengaytirib, subsidiya asosida asbob-uskuna olish istagini bildirdi.
 
Mahmudova Zubayda Kasanachilikning Tikuv va trikotaj mahsulotlarini tikish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Hozirda ishsiz bo‘lgan xotin-qizlardan 20 nafarini ish bilan ta’minlash istagi borligini bildirib, ularga subsidiya asosida tikuv moshinkalari olishda amaliy yordam berishni so‘radi. 

Gulbekova Risolat kasanachilikning quroqchilik, ko‘rpacha va choponlar tikish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Hozirda ishsiz bo‘lgan xotin-qizlardan 20 nafarini ish bilan ta’minlash istagi borligini bildirib, ularga subsidiya asosida tikuv moshinkalari olishda amaliy yordam berishni so‘radi.
 
 Mahalladagi “Adxamjon orzu qo‘llari” fermer xo‘jaligiga borganda xo‘jalikdagi Chovoqchilik laboratoriyasi ko‘zdan kechirildi. Laboratoriyada 10 dan ortiq baliqlarning turlari ko‘paytirilishini fermer xo‘jalik rahbari bildirib, hozirda PQ-93 sonli qaror yuzasidan Baliqchilik turizmi tashkil qilib, 2,0 mlrd so‘m kredit olish va 51 ta yangi ish o‘rin yaratish istagi borligi bildirdi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM