Sitrus inli kuyasi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Sitrus inli kuyasi. sitrus inli kuyasi – Phyllocnistis citrella Stainton oligofag hasharot bo‘lib, qariyb yarim yuz yildan buyon sitrus o‘simliklariga katta zarar keltiradi. sitrus inli kuyasi ilk bor Hindistonda G.T.Steinton tomonidan aniqlangan. sitrus inli kuyasi limon o‘simligining xavfli kushandasi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda u mandarin, apelsin, greypfrut, evkalipt, tol, yasmin o‘simligida rivojlanishi aniqlangan. Tarqalishi. sitrus inli kuyasi Osiyo, Avstraliya, Janubiy Afrika, Sharqiy va G‘arbiy Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarida, Afg‘oniston, Hindiston, Indoneziya, Eron, Xitoy, Koreya, Malayziya, seylon, Yaponiya, Fillipin orollari, Janubiy Amerika, Avstraliya, Abxaziya, Gruziya davlatlarida keng tarqalgan. O‘zbekistonda Toshkent viloyatlarida aniqlangan. Morfologik belgilari. sitrus inli kuyasining kapalagining qanotlari yozilganda 4-5 mm uzunlikda bo‘lib, rangi oq-kumush rang, qanotlari kulrang, ingichka, o‘tkir uchli. Oldingi juft qanoti ikkita to‘q chiziqlar, o‘rtasida esa “V” shaklida belgisi va tepa uchida qora dog‘lari bor. Qanotining o‘rta oldingi chetigacha uzun to‘q sariq rangda tuklari bor. Popuklari orqa qanotida hosil bo‘ladi. Orqa oyoqlarining boldir qismida tepaga qaragan qora o‘simtasi bor. Tuxumining shakli yassi, rangi oqish, uzunligi 0,27 mm keladi. Lichinkaning uzunligi 3,6 mm bo‘lib, yashil kulrangda, tana oxiri uchli, boshi sariq, tanasining qolgan qismi qizg‘ish sariq rangda, birinchi ikkita ko‘krak bo‘g‘inlari to‘g‘ri burchak shaklida. Katta yoshdagi lichinkalari ilonga o‘xshash bo‘ladi. G‘umbagi dastlab sarg‘ish, keyinchalik to‘q jigarrangga kiradi. Biologik xususiyati. sitrus inli kuyasning rivojlanishiga harorat muhum ahamiyatga ega. sitrus inli kuyasini iyun-iyul oylarida limonzorlarda ko‘plab uchratish mumkin. Ular limon bargining ostki tomoniga joylashib kech kuzga qadar zarar keltiradi. Kapalaklari yorug‘liksevar. Urg‘ochi kapalaklar tuxumini kurtakka yoki o‘simliklarning o‘sish nuqtasiga, barglarning yuza qismiga 200 tagacha qo‘yadi. Ko‘proq tuxumlarini o‘simlik kurtagining ostki qismiga qo‘yadi. Embrional rivojlanishi 10 kun davom etadi. Tuxumdan chiqqan lichinka barg ichiga kemirib kirib olib 10-20 kun davomida rivojlanadi. Lichinkalar yosh barglar orasida ilon izi kabi uyalar hosil qilib barg parenximasi bilan oziqlanadi barg yuzasida shaffof uyalar hosil qiladi. Buning oqibatida barg burishib qurib qoladi. Odatda bitti bargda bitta uya bo‘ladi, kuchli zararlanganda 2 yoki 3 ta va undan ortiq ham bo‘lishi mumkin. Qarshiliklarga duch kelishi bilan lichinka boshqa bargga o‘tadi. G‘umbakka aylanishidan oldin harakatlanishdan to‘xtaydi. G‘umbaklik davri pilla ichida o‘tadi. Pillasining rangi qizil. Kapalagi pillaning uchki qismidan chiqadi. Zararkunanda bir yilda 6-7 ta ba’zan 10 ta avlod beradi. Shulardan 2 ta avlodi bahorda, 4 tasi esa yoz va kuzga to‘g‘ri keladi. 1 ta avlodning rivojlanishi 30-40 kun davom etadi.

 Zarari. Zaralangan bargning yuza qismida shaffof izlari (uyalari) aniq ko‘rinib turadi. Yosh novdalarini, birinchi va ikkinchi vegetatsiya barglarini zararlaydi. Aniqlash. sitrus inli kuyasining kapalagini aniqlashda ko‘chatlarning barglarini, novdalarini ko‘zdan kechiriladi va silkitiladi. Kapalaklari yorug‘liksevar bo‘lganligi sababli kechqurun yorug‘lik orqali jalb qilish mumkin. Ko‘chatzorlarda zararkunandani aniqlashda ikki diagonal bo‘yicha va chekkasidagi har beshinchi daraxt ko‘chati ko‘zdan kechiriladi. Tomarqalarda daraxtlarning 25- 50% i tekshiriladi. Har o‘ninchi tomorqa tekshiriladi. Kurash choralari. Karantin tadbirlari qatoriga ko‘chatlik materiallarini muntazam tekshirish va ekspertiza qilish, zararkunanda tarqalgan hududlardan ko‘chatlar materiallar va qalamchalarni keltirsh qat’iyan man qilinadi. Zaralangan ko‘chatlarni zararsizlantirish va zararlangan barglarni yoqib yuborish. Hasharot tarqalgan dalalardagi ko‘chatlarga fosfor-organik preparatlar bilan ishlov berilishi kerak.

 Issiqxona va ochiq maydonlarda sitrus ko‘chatlarini ekishda orasida xavo oqimini ta’minlab, ularning siyrakligiga e’tibor berilsa xashoratlarning tarqalishining oldi olinadi. Sitrus uyali kuyasiga qarshi kimyoviy insektotsidlar sinab ko‘rildi. Eng samarali insektotsid sifatida vertimek (abalon, pilarmektin) qayd etildi-0,5 l/ga. U to‘qima ichiga singish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun bu xashoratga qarshi xozircha eng samarali bo‘lib qolyapti.

 Yana neonikotinoidlar sinfiga oid konfidor (bagiraimidor)-0,3l/ga, xamda mospilan (kamelot, pilarmos)-0,3kg/ga insektotsidlari xam yukoriyukori darajada samara berishga qodir. Shunday qilib sitrus uyali kuyasi sitrus daraxtlariga katta shkast yetkazib xosildorlikni kamaytirib yuborishga qodir. Unga qarshi kompleks oldini olish va agrotexnik choralardan tashqari o‘z muddatlarida (qiygos tuxum qo‘yayotgan paytda) tavsiya etiladigan insektotsidlarni ishlatish mavaffaqiyat garovidir.

Paxtachi tuman O`simliklar karantini va himoyasi bo`limi xodimlari.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM