Ayrim daryolar o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 Prezident farmoniga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan:

- Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;

- Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanadi.

 Moratoriy davrida daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

2024 yil 1 iyungacha Chirchiq daryosi o‘zanini ekologik reabilitatsiya qilish bo‘yicha kompleks loyiha ishlab chiqiladi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM