Vazir ustamasiga da'vogar pedagoglar uchun 1-bosqich test sinovlari qay tartibda o'tkaziladi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan reglamentga ko'ra nomzod pedagoglardan dars beradigan fanlari bo'yicha 40 ta savoldan iborat test sinovlari o'tkaziladi.

Test sinovlari uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 100 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to'g'ri javob uchun 2,5 ball beriladi.

1-bosqich test sinovi natijasiga ko'ra maksimal ballning 80 foizidan past natija ko'rsatgan nomzodlar saralashning ikkinchi bosqichiga qo'yilmaydi, maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko'rsatgan nomzodlar 2-bosqichga yo'l oladi.

1-bosqich test sinovlari natijasiga ko'ra maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko'rsatgan pedagoglarning natijasi 2-bosqichga chiqishiga asos sifatida foydalaniladi va ushbu natija 2-bosqich bo'yicha olgan natijasiga qo'shilmaydi.

2-bosqichda — kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o'tkazish tartibi va mezonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug'i bilan tasdiqlanadi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM