O'zbekiston bo'yicha 2024 yil 22-26 yanvar kunlariga ob-havo prognozi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududidan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 9-12o iliqqacha isiydi.

23-24 yanvar kunlari iliq havo kirib kelishi davom etadi, respublika hududining katta qismida quyoshli va ochiq havo kuzatiladi. 24 yanvarda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida 23-24 yanvar kunlari harorat kechalari 2-5o iliqqacha, kunduz kunlari 12-15o iliqqacha ko‘tariladi, shimoliy hududlarda esa 24 yanvarda kunduzgi harorat 2-7o sovuqqacha pasayadi.

25 yanvarda nam va sovuq havo massalari mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kunduzi 4-9o iliqqacha pasayadi, shimoliy hududlarda kechasi 6-11o sovuqni tashkil etadi, kunduzi 2-7o sovuqdan oshmaydi.

26 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi, shimoli-g‘arbiy hududlarda esa yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Harorat kechasi 2o sovuq-3o iliq, kunduzi 3-8o iliq, shimolda kechasi 6-11o sovuq, kunduzi 0-5o sovuq atrofida bo‘ladi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM