Ishga qabul qilishda qanday hujjatlar talab etiladi?

O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksining 124-moddasiga asosan ishga qabul qilishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

Pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikatsiyalovchi ID-karta (o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslardan esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki identifikatsiyalovchi ID-karta)

Oxirgi ish joyidan qog‘oz yoki elektron shakldagi shaklidagi mehnat daftarchasi (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno). O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining o‘rniga asosiy ish joyidan olingan ma’lumotnomani taqdim etadi

Harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma (harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun)

diplom shuningdek, qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma’lumotga  ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lsa, o‘sha ishga kirish chog‘ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnomani (sertifikat yoki boshqa tegishli hujjat)

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lganda)

Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno)

Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsdan ushbu Kodeksda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

 

Paxtachi tuman YXKM

boshyuriskonsulti                                                Z.Quvonchbekov

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM