Fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 192-moddasida maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish to‘g‘risida norma mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra:

Tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi (113.333 so‘m), mansabdor shaxslarga esa — uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya Vrachining Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 29 dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 5-son) asosan turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashash hududlarida va dam olish zonalarida ruxsat etilgan shovqin darajasining sanitariya qoidalari va me’yorlari Texnikaviy shartlar (SanQvaM 0008-20) belgilab qo‘yilgan. Batasil: https://lex.uz/ru/docs/5192581

Fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olish tartibini buzish bo‘yicha yuqorida sanab utilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni  ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan jazo choralari qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 248-moddasiga ko‘ra - Ichki ishlar organlari, shuningdek, 2481-moddasiga ko‘ra - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari shu turdagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni  ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanishadi.

Batasil: https://lex.uz/docs/97664

 

Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti Sh.Xidirov

 

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM