Matbuot anjumani: Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ,to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni yanada rivojlantirish maqsadida  Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2023  yil 11 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risid

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yori va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom  va shirinliklarni me’yoridan ortiq istemol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar istemol qilmaslik oqibatida  yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon tomir, endokrin, xavfli o‘sma ksalliklari kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi  bir qator kasalliklarni rivojlanishiga sabab bo‘layotganligi, bo‘nday holatlarni oldini olish maqsadida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish maqsadida tibbiyot xodimlari tomonidan  2023 yil  davomida   jami 2110  ta ommaviy tadbirlar o‘tkazildi.O‘tkazilgan tadbirlarning 1240 tasi mahallalarda ,589 tasi maktablarda, 281 tasi boshqa joylarda  bo‘lib o‘tdi. Ya’ni haftaning har dushanba “stressga qarshi kurashish” kunida 285   ta tadbir, seshanba “Tuz va shakarni cheklash” kunida 270 ta tadbir,  har chorshanba “Tamakiga qarshi kurashish “kunida zararli odatlarga   qarshi  410 ta tadbir, payshanba “Sog‘lom ovqatlanish” kunida 561 ta tadbir,  haftaning juma “Piyoda  yurish “kunida salomatlik uchun 5 ming qadam shiori ostida  mahalla aholisi bilan  220 ta piyoda    yurish  ommaviy  marofonlari o‘tkazildi.Haftaning har shanba “Salomatlik kuni” da jami 360  ta gimnastika mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha ommaviy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ommaviy tadbirlarda jami 38 800  nafar ishtirokchilar qatnashishdi.Ishtirokchilarga  mavzuga oid 842 ta  tarqatma materiallar tarqatildi.Ommaviy axborat vositalaridagi chiqishlar jami 76 ta bo‘lib , shundan  tuman ro‘znomasida  16 ta maqolalar chop etildi ,42 ta videolavhalar tayyorlandi,18ta ijtimoiy tarmoklarda ya’ni “Ziyovuddin”kanalida yoritib borildi.

 

Xonadonlarda patronaj jarayonida aholini antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash; ortiqcha vazn, semizlik va aniqlangan yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni nazoratga olish va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha aholiga zaruriy tavsiyalar berib borilmoqda.

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 5-bandidagi  “Aholining arterial qon bosimini o‘lchash, puls va tana vaznini aniqlash, yurish masofasini nazorat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish”  vazifasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha   qo‘yidagi ishlar olib borildi.

    Tuman bo‘yicha jami 40 yoshdan oshgan aholi soni 49262 nafar  bo‘lib, shundan 42344 aholi ko‘rikdan o‘tkazilganda,   skrining natijasiga ko‘ra 12762 (30%) nafar aholida ortikcha vazn, 3775 (8,9%) nafarida semizlik, 4111(9,7%) nafarida qon bosimi normadan ortiq ekanligi,1693 (44,4 %)  nafar aholi noto‘g‘ri ovqatlanishi, 20748(49 %)  nafar aholi  jismoniy nofaol  ekanligi, 1058(2,5 % )  nafar aholi  tamaki va alkogol suistemol qilishlari aniqlandi. Aholining bunday qatlamiga maxalla tibbiy brigada a’zolari tomonidan sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha  tushuntirish ishlari olib borilmoqda

        40 yoshdan oshgan jismoniy nofaol bo‘lgan aholi  Piyoda yuring sog‘lom bo‘lasiz!”           shiori ostida yurish  marafonlariga jalb etilib, ular  o‘rtasida   sog‘lom turmush tarzi  ko‘nikmalari shakllantirilib borilmoqda.

 

  • Barcha maxallalarda maxalla faollari, ziyoli oilalar vakillari, maxalla tibbiy brigada a’zolari, jismoniy tarbiya bo‘yicha instruktorlar xamda ma’naviyat targ‘ibotchilaridan iborat “salomatlik maktablari” tashkil etildi.
  • “Salomatlik maktablari” a’zolari tomonidan xaftaning xar shanba kuni aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va tibbiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
  • Tumanda 5 ta maxalla xududida tashkil etilgan “VARKOUT” sport maydonchalarida tibbiyot xodimlari ishtirokida  maxalla aholisini jalb qilgan xolda muntazam ravishda ertalabki  gimnastika va sport mashqlari amalga oshirilmoqda.    
  • Barcha maxallalarda tibbiyot xodimlari tomonidan 52 ta “Salomatlik kanali” telegramm gruppalari ochilib bu kanalga tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga sog‘lom turmush tarzi, kasalliklar profilaktikasi xamda jismoniy faollik bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib borilmoqda.
2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM