Matbuot anjumani: Kadastr sohasida raqamli texnologiyalarning joriy etilish holati

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda boshqa sohalar qatori Kadastr agentligining Davlat kadasrlar palatasi faoliyati ham sezilarli isloh qilindi. Qayd etish mumkinki, kadastr, ko`chmas mulkni davlat ro`yxatidan o`tkazish va yerlarni xususiylashtirish va yerlarni xususiylashtirish bo`yicha o`tgan 1-2 yil islohatlar davri bo`ldi. Kadastr pasportini tayyorlab berish muddatlari sezilarli qisqartirildi, jumladan,kadastr yig`majildini tayyorlashga ketadigan vaqt sarfi,obektning murakkabligiga qarab 2-25 kungacha qisqargan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5006-sonli qarorlariga asosan qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanuvchilarini hisobga olish uchun UZKAD (UZCAD) elektron tizimi yaratilgan.

- Paxtachi tumanida 137 578 ta umumiy yer maydoni 128 275 gektar qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanuvchilari UZCAD tizimiga tushirilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanuvchilari 4 364ta umumiy yer maydoni 128 448 gektar UZCAD (UZCAD) dasturida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va geopartalga tushirildi hamda elekton xaritasi yaratildi, Shundan:

3 192 ta dehqon xo‘jaligi umumiy maydoni 852,37 gektar;

527 ta fermer xo‘jaligi umumiy maydoni 26 108 gektar;

265 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari umumiy maydoni 12 369 gektar.

128 448 ta qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanuvchilari UZKAD (UZCAD) dasturida hisobga olingan bo‘lib, Shundan:

527 ta fermer xo‘jaligi umumiy yer maydoni 26 108 gektar;

265 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari umumiy yermaydoni 12 369 gektar;

92 ta Yakka tartibda bog‘dorchilik, sabzavotchilik, issiqxona va chorvachilikni yurituvchi fukarolarning yerlari umumiy yer maydoni 1044,30 gektar; xamda

66 ta yaylov yerlari umumiy yer maydoni 89 000 gektarni tashkil etadi.

Ushbu hisobga olingan qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-sonli “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida davlat xizmatlari uchun belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz. 

Hozirgi kunda tumanda qishloq xo‘jaligi zaxira yer maydonlarini aniqlash UZKAD (UZCAD) dasturiga tushirish ishlari davom etmoqda.

“Ko‘chmas mulk-3” dasturida jami 35 385 ta ob’ektlar mavjud bo‘lib , shundan:

  Yakka tartibdagi uy-joylar – 32 097 ta,

  Ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar – 1 060 ta,

  Ochiq tomorqa yer maydonlari – 500 ta,

  Noturar joy ob’ektalari – 1728 tani tashkil qiladi;

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  20.04.2022yil № 200 sonli Arxitektura va qurilish soxasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga asosan, Davlat xizmatlari markazi va yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali jami 8 002 ta murojaat tushgan bo‘lib, Shundan:

Ijobiy yakunlanganlar – 6 618 ta,

Rad etilganlar –  1 308 ta,

To‘lov jarayonida – 68 ta,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan yuridik va jismoniy shaxslar Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali kadastr pasportini shakllantirish uchun jami 14 559 ta murojaat kelib tushgan.a

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 14 fevral 2022 yildagi
71-sonli “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchaskalarini xususilsshtirish tog‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbiri haqida qarori bo‘yicha tumanda aniqlangan 207 ta bo‘sh yer uchastkalari “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan bo‘lib, Shundan:

Soni 79ta, maydoni  31,89 ga yaqin yer uchastkasi onlayn auksionda sotuvda;

92 ta yer uchastkasi tadbirkorlar tomonidan “Ye-IJRO-AUKSION” savdo maydonchasida sotib olingan;

9 ta yer uchastkasi vakolatli organlar bilan kelishuvda;

16 ta yer uchastkalari vakolatli organlar tomonidan rad etilgan.

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM