Matbuot anjumani: Tumandagi nogironligi bo‘lgan fuqarolarni kafolatli ish o‘rni va daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

           Paxtachi tumanida joriy yilda 157 nafar nogironligi mavjud bo‘lgan fuqarolarni bandligini ta’minlashga erishildi.Shundan 136 nafari doimiy ishlarga, 9 nafari xaq to‘lanadigan jamaot ishlariga va 12 nafari kasb-xunarga o‘qitildi. 

            Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muxofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida“gi Qarori hamda Paxtachi tumani hokimining 2021 yil 20 sentyabrdagi 57-7-102-Q/21-sonli “tumanda Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘rsida”gi Qaroriga asosan zaxiralangan (kvota) ish o‘rinlariga 4 nafar nogironligi mavjud bo‘lagan fuqarolar ishga joylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, 5 nafari ya’ni rejaga  nisbatan 125 foiz ishga joylashtirilgan.

            O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
5 apreldagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 183-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-4804-son qaroriga asosan tumanda 2023 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida jami reja 379 nafar bo‘lib, 451 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi, bu rejaga nisbatan 119.3 foizni tashkil etgan. Shundan 189 nafari yoshlar va 350 nafarini xotin-qizlar, 17 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etgan.

            Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 203-son  «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan Paxtachi tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 7 nafar nogironligi mavjud bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilgan fuqarolarni ishga qabul qilgan tashkilotlarga subsidiya ajratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 20 nafar ya’ni rejaga nisbatan 285.7 foiz nogronligi bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilganligi uchun 14 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga 9 mln so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.

 

E’tiboringiz uchun rahmat !

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM