Bog’larda tutqich belbog‘ni qo‘llash bo‘yicha tavsiya

 

Bu kabi belbog‘lar kelgusi yil mo‘l hosildorlik garovi, Birgina tuzoqli belbog‘larni olib qaraydigan bo‘lsak,  daraxtlardan yerga tuxum qo‘yish uchun va keyin daraxtlarga chiqish uchun harakatlanayotgan qurt – qumursqalarni tutish va yo‘q qilish maqsadida qo‘llaniladi. Bog‘lardan mo‘l hosil olishda zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida yuqori darajada bajarilish meva hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda ulardan qayta ishlash sanoatida tayyorlanadigan mahsulotlarni ko‘paytirishga, xalqimizning mevaga bo‘lgan talabini to‘la qondirishiga xizmat kiladi.

Tuzoqli belbog‘lar. Daraxtlardan yerga tuxum qo‘yish uchun va keyin daraxtlarga chiqish uchun harakatlanayotgan qurt-qumursqalarni tutish hamda yo‘q qilish maqsadida qo‘llaniladi.

Odatda tuzoqli belbog‘ning kengligi 20-25 sm ni tashkil etib, turli materiallardan (poxol, somon, qanorqop, karton, porolon, polietilen va h.k.) tayyorlanadi va yerdan 40-50 sm balandlikda, daraxtning silliq tana hamda novdalariga o‘rnatib chiqiladi.

Tuzoqli belbog‘larni o‘rnatishda dastlab daraxtning belbog‘ o‘rnatiladigan joyi qurigan po‘stloq va shox-shabbalardan yaxshilab tozalanadi. Keyin esa daraxtlarga o‘rnatiladi.

Belbog‘larning quruq, zaharli va yelimli turlari mavjud.

Quruq belbog‘lar. Gofrirovka qilingan qog‘ozdan eni 20-25 sm o‘lchamdagi tasma qirqib olinadi va gofri tomonini yuqoriga qilib daraxt tanasiga chilvir yoki rezinka yordamida bog‘lab quyiladi. Daraxt tanasini qisib qo‘ymasligi uchun bir oyda bir marta belbog‘ bog‘ichi bo‘shatib qo‘yiladi. Ko‘pgina tajribali bog‘bonlar uni kuzda qurt-qumursqalar qishlash uchun joy axtarayotgan paytda qo‘llaydilar.

Ikki tomonlama og‘zi ochiq belbog‘. Bunda karton, porolon, shisha matodan 30 sm kenglikda tasmalar qirqib olinadi va daraxt tanasiga ikki tomonini ochiq qilib, ya’ni o‘rtasidan mahkam bog‘lab qo‘yiladi. Qog‘ozning daraxt tanasiga tegib turgan ichki tarafi loy bilan suvaladi. Har ikki tomondan harakatlanib, belbog‘ orasiga kirgan qurt-qumursqalar uning ichidan chiqolmay nobud bo‘ladilar. Agar porolon yoki shisha matoning ustiga skotch bilan plyonka bog‘lab qo‘yilsa, hasharotlar tashqi tomondan ham hech qayerga o‘tolmaydilar.

Zaharli belbog‘lar. Ularning negizini kimyoviy xossalar tashkil etadi. Bu jarayonda qanorqop, porolon yoki boshqa yumshoqroq matoni 3-4 qavat qilib, ruxsat etilgan zaharli moddaga shimdiriladi. Keyin esa daraxt tanasiga bog‘lab, ustini polietilen bilan o‘rab qo‘yiladi. Bog‘lash usullari yuqorida keltirilgan quruq belbog‘larniki singari amalga oshiriladi. Mazkur belbog‘lar 3-4 haftada o‘z ta’sir kuchini yo‘qotadi va ular qayta dorilash uchun yechib olinib, zaharli moddaga shimdirilgach yana daraxtga bog‘lab qo‘yiladi.

Bu kabi belbog‘lar kelgusi yil mo‘l hosildorlik garovi, Birgina tuzoqli belbog‘larni olib qaraydigan bo‘lsak,  daraxtlardan yerga tuxum qo‘yish uchun va keyin daraxtlarga chiqish uchun harakatlanayotgan qurt – qumursqalarni tutish va yo‘q qilish maqsadida qo‘llaniladi. Bog‘lardan mo‘l hosil olishda zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida yuqori darajada bajarilish meva hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda ulardan qayta ishlash sanoatida tayyorlanadigan mahsulotlarni ko‘paytirishga, xalqimizning mevaga bo‘lgan talabini to‘la qondirishiga xizmat kiladi.

 

Paxtachi tuman О‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi xodimlari

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM