Yana bir tumandoshimiz falsafa fanlari ilmiy darajasiga ega bo'ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Samarqand davlat universteti huzuridagi ilmiy kengashida Boboxolov G'ayrat Tashbotirovich Falsafa fanlari bo'icha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvofaqqiyatli himoya qildi.

G'ayrat Boboxolov - Samarqand viloyati Paxtachi tumani hozirgi Bodoy mahallasida tug'ilgan. Tumandagi 21, 24 va 25 - umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim olgan. Oliy ta'limdan so'ng mehnat faoliyatini Ziyovuddin qurilish kasb-hunar kollejida o'qituvchilikdan boshlab, direktor o'rinbosari lavozimlarida ishladi. So'ng 2005- yildan Paxtachi Pedagogika kollejida o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, 2010-2017 yillarda Samarqand huquqshunoslik kolleji direktori va 2017-2020 yillarda Samarqand viloyat Xalq ta'limi boshqarmasida mas'ul xodim bo'lib ishladi.
2020-2023 yillarda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat bo'lim boshlig'i lavozimda faoliyat ko'rsatgan. Hozirda Samarqand viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida mehnat faoliyatini yuritmoqda.

G'ayrat Tashbotirovichni ushbu ilmiy daraja bilan chin dildan qutlaymiz!
 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM