"Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Kuni kecha 3-oktyabr kuni Paxtachi tumanidagi 17 va 34-umumta’lim maktablarida "Keksalarga hurmat-yoshlarga ibrat" —g‘oyasida  "Keksalar haftaligi" doirasida tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirda mahallaning keksa nuroniylari, ota-onalari, maktab o‘qituvchilari, mahallaning faollari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining keksa nuroniylarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklari, "Keksalar haftaligi" doirasida belgilangan chora-tadbirlarda nuroniylarga berilayotgan imkoniyatlar, "Yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rni"  mavzularida fikr almashdilar. 
Tadbirda yoshlar keksa nuroniylarning boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan hayot yo‘llari bilan tanishdilar hamda bu kabi tadbirlarni ko‘plab o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lishi haqida takliflar kiritdilar. 
Tadbir yakunida yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, ona Vatanni madh etuvchi sheьrlar ijro etildi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM