Umumta’lim maktablari xodimlariga moddiy yordam berilishi tartibidan xabardormisiz?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugungi kunda tumanimizdagi ko‘pgina umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida moddiy yordam olish tartibidan yetarli darajada xabardor bo‘lmaslik mazkur  muassasalar xodimlariga bir qator noqulaylik va tushunmovchiliklar tug‘dirmoqda. Xususan maktablarning ko‘pgina pedogog va xodimlarining ushbu tartib bilan to‘liq hamda yetarlicha tanishmasliklari oqibatida xodimlarda noto‘g‘ri va asossiz qarashlar shakllanmoqda. Buning uchun masalaning huquqiy tartibidan xabardor bo‘lishning o‘zi yetarli.

Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida direktor jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur Ishchi guruh qoida tariqasida kamida yetti kishidan iborat toq sonda tashkil etiladi hamda ishchi guruh yig‘ilish bayonnomlari ham xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi.

Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi. Bunda umumta’lim muassasi ishchi guruhi yig‘ilishida xodimning arizasiga muvofiq mazkur masala ko‘rib chiqiladi hamda xodimga moddiy yordam berish yoki moddiy yordam berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

 

Paxtachi tumani adliya bo‘limi

Yxkm bosh yuriskonsulti:                                          Z.Quvonchbekov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM