Brifing: Sog‘lom turmush tarzi madaniyati: Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalomu alaykum hurmatli tumandoshlar,  ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari

Bugungi brifing  mavzusi - Sog‘lom turmush tarzi madaniyati: Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida

 

Bugungi kunda tumanimiz butun aholisi, shu jumladan 7-30 yosh oralig‘idagi 54 720 nafar (39 975 nafar 14-30 yosh) yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun 6 ta stadion, 56 ta sport zal, 46 ta futbol maydoni, 13 ta sun’iy qoplamali mini futbol maydoni, 54 ta basketbol maydoni, 54 ta voleybol maydoni, 49 ta gandbol maydoni,    4 ta stritbol maydoni, 4 ta badminton maydoni, 3 ta fitnes zallari hamda tuman markazida 1 ta shaxmat maydonchasi xizmat qiladi. Shuningdek, bugungi kun holatiga aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 14.3 km salomatlik yo‘laklari, 12 km uzunlikdagi velosiped yo‘lakchalari, hamda 42 ta “Workout” maydonchalari xizmat qilib kelmoqda.

Shu o‘rinda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, yoshlar sportini yanada ommalashtirish dolzarb vazifalar qatoriga kirishini ta’kidlash joiz.

Tumanda yoshlar sportini rivojlantirish maqsadida mutasaddi tashlilotlar ya’ni tuman sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman qo‘riqlash bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi, tuman Tibbiyot birlashmasi va boshqalar hamkorligida ommaviy sport tadbirlar rejasi tuzilib tasdiqlangan. Ushbu rejaga asosan tumanda sportning erkin kurash, milliy kurash, belbog‘li kurash, qo‘l to‘pi, futbol, yengil atletika, shaxmat, voleybol, badiiy gimnastika, shashka, dzyudo, taekvondo VT, velosport, qo‘l jangi, badminton, basketbol, stol tennis, yunon-rum kurashi, davolash gimnastikasi, gimnastrada, marafon yugurish, velomarafon va boshqa sport turlaridan musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.

Misol uchun, 2023-yil davomida: “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Paxtachi tumani Xalq ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasa maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘om tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida sportning shaxmat, shashka, mini-futbol, voleybol, stol tennis turlaridan Kasaba uyushmasi kubogi musobaqasi, Paxtachi tumanida Uy bekalari o‘rtasida “Sport malikalari” sport haftaligi hamda oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila – Yangi O‘zbekiston tayanchi” shiori ostida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi, aholining keng qatlami o‘rtasida ommoviy ravishda yurish bo‘yicha “Barcha rekordlar bizniki” musobaqasilari   o‘tkazilib kelinmoqda.

Quvonarlisi shundaki, Besh tashabbus olimpiadasi 2023 yil birinchi mavsumi sport musobaqalarida Paxtachi tumani 6 ta oltin 6 ta kumush 5 ta bronza medallarni qo‘lga kiritib Samarqand viloyatida 16 ta shaxar tumanlari orasida faxirli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Besh tashbbus olimpiadasi Respublika bosqichida Para yengil atletika turidan Amirobod mahallasida istiqomat qiluvchi Quldosheva Asaloy faxirli          1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

         Para stol tennis turidan Boltali mahallasida istiqomat qiluvchi Sayfullaev Qudrat  Respublika bosqichida 2-o‘rinni egalladi.

   Stretbol sport turidan  16-21 yosh Urganji qizlar jamoasi Respublika bosqichida 1-o‘rinni egalladi.

   Stol tennis sport turidan  Abrueva Sitora Respublika bosqichida 3- o‘rinni egallab o‘z mahallalariga universal maydon, stret workout, workout maydonchlarini yutib kelishdi.

2020-yil 30-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida haftaning har shanba kuni aholi, ayniqsa yoshlar, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat faoliyatini ko‘rsatib kelayotgan xodimlar o‘rtasida 5000 qadam sog‘lomlashtirish yurishlar odat tusiga kirgan.

Tumanimizda yoshlarni sportga qiziqtirish va jalb qilish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan Chora-tadbirlar ham belgilangan va tizimli ishlar davom etmoqda. Ushbu reja asosida Olimpiya va paralimpiya dasturiga kiritilgan sport turlaridan iqtidorli sportchilarni saralash bo‘yicha 2021/2024-yillar uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, ularni Osiyo, Paraosiyo va xalqaro musobaqalarda muvafaqiyatli ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda. Xususan, 2023-yil 1-chorak yakuni bilan tuman sport maktabida imkoniyati cheklangan shaxslar sport mashg‘ulotlariga qatnashishlari uchun sportning para-yengil atletika va para-taekvondo turlaridan sport tugaraklari tashkil etildi.

E’tiboringiz uchun rahmat

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM