Paxtachi tumani Jahonobod mahallasi hududida joylashgan maydonga Qudrat Suyunov nomini berish to‘g‘risida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi Geografik obyeklarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchlar kiritish to‘g‘risida-386-son Qaroriga asosan Paxtachi tumani hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan Paxtachi tumanidagi Qudrat Suyunov maydoni davlat reestriga kiritilmaganligi, ushbu maydon tarixiy shaxs nomi bilan yuritilib kelinayotganligi aniqlandi.
Mamlakatimizda geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash, Geografik obyektlar nomlarining davlat reestrini yuritish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, geografik obyektlarga nom berishda mahalliy aholining fikrini hisobga olish tartibi, O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning nomini berishga doir masalalar huquqiy jihatdan tartibga solinmaganligi, tarkibida tumanlar mavjud bo‘lgan shaharlarda geografik obyektlarga shaxs nomini berish vakolati xalq deputatlari tuman Kengashlariga berilganligi ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni samarali muvofiqlashtirish hamda qonunchilikning aniq va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Shunga ko’ra, Sizdan ushbu maydonni geografik obyektni nomini davlat ekspertizasidan oʻtkazishda va tarixiy shaxs, yurt uchun jonini fido etgan o‘zbek o‘g‘lonini nomini abadiylastirib va tumanimizda joylashgan geografik maydonni Qudrat Suyunov maydoni deb nomlanishda o‘z fikringizni bildirishingizni soʻraymiz. 
Qudrat Suyunov 1919-yil 6-fevralda Samarqand viloyat Paxtachi tumani Ukrach qishlog'ida tug'ilgan. Yoshligida otasidan yetim qolgan Qudrat Suyunov onasiga yordam berish maqsadida maktabni 7-sinfida tamomlagan. Urushda u serjant, 109-o'qchi diviziyaning bo'linma komandiri edi.Gitlerchilar Pulemotdan o'q yog'dirib turgan holatda Qudrat Suyunov qo'liga granatani qo'liga qistirib olib oidinga boradi. Bir nechta o'q tegishiga qaramay bor kuchi bilan granatani pulemyotga otadi va uni yo'qatadi, o'zini esa yonib turgan o'tga otib 1943-yil 12-sentabrda vafot etadi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM