1-sektor hududida 2023 yil yakuniga qadar aholi bandligini ta’minlash va jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha mahalla faollariga Murojaatnomasi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 

Tumanda ishsiz aholini bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.

 Hammamizga sir emaski odinlari  tumanda sanoatni o‘zi yo‘q edi. Avval bitta paxta tozalash zavodi faoliyat yuritgan edi xalos.

2017 yilda tumanda katta-kichik 42 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 167 taga yetdi yoki oxirgi besh yilda 3,9 barobarga ko‘paydi.

Xizmat va savdo ob’ektlari soni 2,5 barobarga, 322 tadan
822 taga oshdi.

Tumanda 2017 yilda 0,6 mln dollar ham eksport qilingan. Mana o‘tgan yilni o‘zida 16,5 mln. dollarlik eksport amalga oshirildi,
2023 yil yakunida bu ko‘rsatkich 23 mln. dollarga yetadi.

Prezidentimizning ijtimoiy sohadagi islohotlari tufayli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan kamrov darajasi 2017 yildagi 60 foizdan 80 foizga yetdi.        

Tumandagi 59 ta mahallalarda 33,1 mingta xonadon, 45,5 mingta oilalar mavjud bo‘lib, shundan 6,7 mingtasi kam daromadli oilalar hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tumanda kambag‘allik darajasi 14,7 foizni tashkil etadi.

 Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 12 foizga tushirishni reja qilib olganmiz. Buning uchun, eng avvalo aholini daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlashimiz kerak bo‘ladi. 

Tumanda 6271 nafar ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalar ijtimoiy daftarlarga olingan

Xususan

“Temir daftar”ga 904 ta oila, 406 ta oila daftar ro‘yxatidan chiarilib bugungi kunda 498 ta oila ro‘yxatda qolmoqda.

“Ayolar daftari”ga 4155 ta xotin-qizlar ro‘yxatga olinib bugungi kunda 99 foiz xotin-qizlar muammolari hal etildi.

“Yoshlar daftari”ga 1212 nafar yosh daftar ro‘yxatiga olingan, 718 nafar  yoshlarni muammolari hal etilgan, bugungi kunda 494 nafar yoshlar daftar ro‘yxatida qolmoqda.

Bugungi kunda, tumanimizda aholi soni 150 ming nafarni, shundan mehnat resurslari 76,9 ming nafarni tashkil etib, iqtisodiy faol aholi ya’ni mehnat qilishga tayyor aholi qariyb 59,5 ming nafarni tashkil etadi.

Ulardan 53,7 ming nafari (90 foiz) ish bilan band. Yil boshida ishsizlar soni 6,4 ming nafarni, ishsizlik darajasi
9,6 foizni tashkil etgan edi.

Prezidentimiz yaratib bergan imkoniyat va dastaklardan foydalanib, o‘tgan 7 oy yakuni bilan ishsizlarning 8,2 mingdan oshig‘i doimiy daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi.

 

 

Ma’lumot uchun:

a) ishlash istagini bildirgan 2,7 ming nafar ishsizlar investitsiya dasturi doirasida tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga doimiy ish joylariga joylashtirildi. Ularga har oyda o‘rtacha 1,5 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha ish haqi to‘lanmoqda;

b) hokim yordamchilari tavsiyasi bilan tadbirkorlik tashabbusi bor
1,7 mingdan oshiq aholiga qariyb 34 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi;

v) dehqonchilik qilish uchun 3,3 ming aholiga 889,8 gektar ekin yer maydonlari ijara asosida ajratib berildi;

g) tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik faoliyatiga jalb etish maqsadida 57 nafar kambag‘al oilalarning a’zolariga 265,1 million so‘m subsidiya ajratilib, mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib berildi;

Ayniqsa, bu ishlarni tashkil etishda 59 ta mahalladagi “beshlik” hissasi katta bo‘lmoqda.

Ular uyma-uy yurib, aholining ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash, dehqonchilik qilish, kasb-hunarga o‘qish kabi xohish istaklarini aniqlab, shu asosida ish tashkil etishmoqda.

Bugungi kunda tumanda ishsizlar soni 1,8 ming nafarni tashkil etib, ishsizlik darajasi 9,6 foizdan 3,0 foizga tushirildi.

Bugungi kunda, biz qolgan 1,8 ming nafar ishsizlarning manzilli ro‘yxati, kasbi, mutaxassisligi, yoshi va istaklari bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirib oldik.

Bundan tashqari, joriy o‘quv yilini 2,6 mingga yaqin bitiruvchilar tamomladi.

Ma’lumot uchun, 1,3 ming nafari umumiy o‘rta maktablarni,
1,1 ming nafari kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarni,
200 nafari oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchilari hisoblanadi.

Ulardan 0,9 ming nafari ta’limning keyingi bosqichi bilan qamrab olinishi, qolgan 1,9 ming nafari mehnat bozoriga kirib keldi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 0,8 ming nafar migrantlar qaytishi kutilmoqda.

Hisob kitobimga ko‘ra, oldimizda yil yakuniga qadar yana 2,6 ming  ishsizlarni bandligini ta’minlash va qariyb 2,5 mingta (6,7 ming aholi) oilalarni kambag‘allikdan chiqarish vazifasi turibdi.

Ularni to‘liq daromadli mehnat bilan ta’minlash uchun imkoniyatlarimiz yetarli. Jumladan,

1. 20 ming tadbirkor va 500 malakali mutaxassis dasturi”doirasida 14 ta tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozlar
berilishi hisobiga yaratiladigan yangi ish o‘rinlariga 0,9 ming nafar ishsizlar ishga joylashtiriladi;

Misol uchun, “20 ming tadbirkor va 500 malakali mutaxassis dasturi” doirasidaariza berib sertifikat olgan “Alisher Poliz Ekinlari” fermer xujaligi tomonidan qiymati 17,2 mlrd so‘mlik Gips mahsulotini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hisobiga 201 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda 1,0 mlrd so‘m byudjetga qo‘shimcha tushum bo‘ladi.

2. Magistral avtomobil yo‘lining hududdan o‘tuvchi 37 kilometr qismida 47 ta yangi savdo va servis ob’ektlarini ishga tushirib, 285 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

3. Mahallalarda qiymati 52,5 mlrd so‘m bo‘lgan 219 ta kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mikroloyihalarini ishga tushirish hisobiga 635 nafar aholi band qilinadi.

Yangiobod va Go‘ro‘g‘li mahallalarida 5 tadan jami 10 ta 2 sotixli loyihalar ishga tushirilib, 57 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

4. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 35 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratish hisobiga 1,9 ming nafar aholining bandligi ta’minlanadi;

5. Aholini tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatiga jalb qilish uchun subsidiya asosida 1,6 mlrd so‘mlik mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib berilib, 850 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlanadi.

6.Tumanda 2023 yil yakuniga qadar qiymati 47,6 mln dollarlik 72 ta loyiha ishga tushushi hisobiga 881 ta yangi ish o‘rini va 15,0 mlrd so‘m byudjetga qo‘shimcha tushum bo‘ladi.

7. Tumanning asosi drayverlaridan biri qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘lib, 16 ta mahallada 7 839 ta xonadon aholisining asosiy daromad manbai issiqxonachilik hisoblanadi (5 533 ta ya’ni 70 % issiqxona mavjud, bundan 5 yil oldin 27 %).

Misol uchun: Yobu mahallasida 445 ta xonadon mavjud bo‘lib bugungi kunda mahallaning 426 ta yoki 95 % xonadonida issiqxona mavjud (2017 yil 133 ta yoki 30 %).

Misol uchun fuqaro Esanov G‘ayrat Ahadovichning 11 sotix tomorqasiga qurilgan issiqxonada noyabr oyida to‘qsonbosti ko‘kat ekiladi hamda yanvar oyining 10 sanasiga qadar yetishtirilgan mahsulotlar ichki bozorlarda sotiladi.

Issiqxonada ko‘kat, bodring ko‘chati, rediska va ko‘k piyoz ekiladi hamda yil davomida jami 70,0-80,0 mln so‘m daromad oladi, agrotexnik xizmatlari va mineral o‘g‘itlari uchun 6-7 mln. so‘m chegirgan holda, sof daromadi 65-70 mln. so‘m bo‘ladi.

8.Og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash

“Og‘ir” toifadagi yoshlarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar soni 36 nafar (2 nafari viloyat).

“Og‘ir” toifadagi yoshlar muammolari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan yoshlar soni 1529 nafar. Jumladan:

1. Probatsiya nazoratidagilar 99 nafar.

2. Profilaktik hisobda turganlar 146 nafar.

3. Muntazam dars qoldiruvchilar 14 nafar.

4. Notinch oila farzandlari 64 nafar.

5. Oilaviy ajrim yoqasidagi yosh oilalar 37 nafar.

6. Yetimlar 22 nafar.

7. Surunkali kasalligi mavjudlar 157 nafar.

8. Xorijiy migratsiyadan qaytib kelganlar 171 nafar.

9. Nogironligi bor yoshlar 495 nafar.

10. *Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar (Yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolganlar soni) 296 nafar

11. Giyohvand va psixotrop moddalarini iste’mol qiluvchi yoshlar 25 nafar.

Bugungi kunga kelib, jami 59 nafar “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash imkoniyati mavjud emas (shundan, 43 nafari migratsiyaga ketgan, 2 nafari vafot etgan, 11 nafari boshqa hududga ko‘chib ketgan, 1 nafari muddatli harbiy xizmatda, 2 nafari JIEMda).

Sektor nomi

Qizil toifadagi yoshlar soni

Aniqlangan muammolar soni

Hal etilgan muammolar soni

Jarayondagi muammolar soni

1

1 sektor

336

215

127

21

2

2 sektor

380

241

119

20

3

3 sektor

437

314

150

21

4

4 sektor

373

266

125

19

Jami

1526

1026

521

71

“Og‘ir” toifadagi muammosi aniqlangan 1026 nafar yoshdan 521 nafarining (175 nafari “Yoshlar daftari” orqali) muammosi hal etilgan Jumladan:

- Asbob-uskuna va mehnat qurollari uchun subsidiya ajratiladi - 15 nafar;

- Davolanishiga ko‘maklashiladi - 3 nafar;

- Doimiy ish bilan ta’minlashga ko‘maklashildi – 30 nafar;

- Kontrakt to‘lovi to‘lanadi - 10 nafar;

- Moddiy yordam ko‘rsatiladi - 20 nafar;

- Ekin maydoni ajratildi – 70 nafar;

- Tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit ajratildi – 20 nafar;

- Fan va chet tillariga o‘qitiladi – 2 nafar;

- Nogironlar reabilitatsiya texnik anjomlari olib berildi - 5 nafar;

 

9.Hududda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash:

Paxtachi tumanida 2023 yilning o‘tgan 7 oyida 192 ta jinoyat sodir etilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 49 taga (2022 yilning 7 oyida 143 ta bo‘lgan) ko‘paygan.

2023 yilning 7 oyi davomida olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida qotillik, bosqinchilik, og‘ir tan jaroxati yetkazish va tovlamachilik kabi jinoyatlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Shuningdek, olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida                         2023 yilning 7 oyida 16 nafar qidiruvdagi shaxslarning 7 nafari ushlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Tuman hududida sodir etilgan jinoyatlarni o‘tgan yilning mos davriga  nisbatan solishtirilganda talonchilik jinoyati (1/1) barqaror saqlangan, o‘g‘irlik jinoyati (15/26) 11 taga, firibgarlik jinoyati (14/9) 5 taga, transport vositasini olib qochish jinoyati (0/1) 1 taga, o‘rtacha og‘ir tan jaroxati yetkazish jinoyati (4/7) 3 taga, yengil tan jarohati yetkazish jinoyati (4/5) 1 taga  ko‘paygan.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni barvaqt oldini olish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Xususan:

- yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy madaniyat va ahloq – odob oyligini samarali tashkil etish;

- yoshlarni turli yot g‘oyalarga kirib ketishi, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, ularning nazoratsiz va qarovsiz qolishining oldini olish maqsadida bozorlar va tungi ko‘ngilochar maskanlar hamda huquqbuzarlik sodir etilishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

- yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish borasida davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

- voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, ular o‘rtasida turli ko‘rinishdagi salbiy holatlarning oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida har haftaning payshanba “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish choralarini ko‘rib borish.

- jinoyatchilik oshgan mahalalarda jamoatchilik vakillari va tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda yoshlar jinoyatchiligi profilaktikasi borasida tanqidiy muhokamalarini tizimli tashkil etish.

- mahallalarda joylashgan bozor, ko‘ngilochar maskanlarda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida “Qalqon” guruhi a’zolari bilan birgalikda profilaktik tadbirlar olib borish.

- jinoyat sodir etishga moyil ishsiz, ichkilikka, psixotrop va boshqa giyohvandlik moddalariga ruju qo‘ygan yoshlar bilan imom xatiblarni jalb etgan holda profilaktik suhbatlar tashkil etish.

- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan reabilitatsiya qilish va ularni moslashuviga ko‘maklashishni yo‘lga qo‘yish.

- tumanda yoshlar o‘rtasida kriminogen holati bo‘yicha aniqlangan “Qizil” va “Sariq” toifadagi mahallalarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish, “Yashil” toifadagi mahallalarda barqaror vaziyatni saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash.

 

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM