Matbuot anjumani: Tadbirkorlik va tumanning investetsiyaviy salohiyati

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investisiyalar oqimiga bog‘liq. Bu borada harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish, tumanimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investisiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hammamizga sir emaski odinlari  tumanda sanoatni o‘zi yo‘q edi. Avvallari  bitta paxta tozalash zavodi faoliyat yuritar edi xalos. 2017 yilda tumanda katta-kichik 42 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 167 taga yetdi yoki oxirgi besh yilda 3,9 barobarga ko‘paydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xizmat va savdo ob’yektlari soni 2,5 barobarga, 322 tadan 822 taga oshdi. Tumanda 2017 yilda 0,6 mln dollar ham eksport qilingan. Mana o‘tgan yilning o‘zida 16,5 mln. dollarlik eksport amalga oshirildi, 2023 yil yakunida bu ko‘rsatkich 23 mln. dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz yaratib bergan imkoniyat va dastaklardan foydalanib, o‘tgan 7 oy yakuni bilan ishsizlarning 8,2 mingdan oshig‘i doimiy daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun:

a) ishlash istagini bildirgan 2,7 ming nafar ishsizlar investisiya dasturi doirasida tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga doimiy ish joylariga joylashtirildi. Ularga har oyda o‘rtacha 1,5 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha ish haqi to‘lanmoqda;

b) tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik faoliyatiga jalb etish maqsadida 57 nafar kambag‘al oilalarning a’zolariga 265,1 million so‘m subsidiya ajratilib, mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib berildi;

Hisob kitoblarga ko‘ra, oldimizda yil yakuniga qadar yana 2,6 ming  ishsizlarni bandligini ta’minlash va qariyb 2,5 mingta (6,7 ming aholi) oilalarni kambag‘allikdan chiqarish vazifasi turibdi. Ularni to‘liq daromadli mehnat bilan ta’minlash uchun imkoniyatlarimiz yetarli. Jumladan,  “20 ming tadbirkor va 500 malakali mutaxassis dasturi”doirasida 14 ta tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyozlar berilishi hisobiga yaratiladigan yangi ish o‘rinlariga 0,9 ming nafar ishsizlar ishga joylashtiriladi;

Misol uchun, “20 ming tadbirkor va 500 malakali mutaxassis dasturi” doirasidaariza berib sertifikat olgan “Alisher Poliz Ekinlari” fermer xujaligi tomonidan qiymati 17,2 mlrd so‘mlik Gips mahsulotini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hisobiga 201 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda 1,0 mlrd so‘m byudjetga qo‘shimcha tushum bo‘ladi.

Magistral avtomobil yo‘lining hududdan o‘tuvchi 37 kilometr qismida 47 ta yangi savdo va servis ob’yektlarini ishga tushirib, 285 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 35 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratish hisobiga 1,9 ming nafar aholining bandligi ta’minlanadi;

Aholini tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatiga jalb qilish uchun subsidiya asosida 1,6 mlrd so‘mlik mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib berilib, 850 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlanadi.

Hududdagi 27 ta noruda konlaridan foydalanish bo‘yicha tadbirkorlarga taklif qilib, 150 million AQSH dollari investisiya jalb qilish hisobiga 750 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda 50 mlrd so‘m byudjetga tushum bo‘ladi.

Tumanning asosiy drayverlaridan biri qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘lib, 16 ta mahallada 7 839 ta xonadon aholisining asosiy daromad manbai issiqxonachilik hisoblanadi (5 533 ta ya’ni 70 % issiqxona mavjud, bundan 5 yil oldin 27 %).

Bundan tashqari, ushbu sohada “Ziyovuddin Invest Textil” MCHJ tomonidan qiymati 239,5 mlrd so‘mlik zamonaviy issiqxona loyihasini ishga tushurish hisobiga 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi va 6,6 mlrd so‘m byudjetga qo‘shimcha to‘shum bo‘ladi.

 

 

Paxtachi tuman hokimi o‘rinbosari

Investitsiyalar, sanoat va savdo

bo‘limi boshlig‘i v.v.b                                                          O.Buriev

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM