infografika: “Mirzaev Shuxrat Kenjaevich” fermer xo'jaligi tomonidan un mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi to'g'risida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

#infografika

“Mirzaev Shuxrat Kenjaevich” fermer xo'jaligi tomonidan 
Un mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi to'g'risida

Manzili: Samarqand viloyati, Paxtachi  tumani
Rahbar: Mirzaev Shavkat Kenjaevich
Loyiha nomi: “Un mahsulotlari ishlab chiqarish”ni tashkil etish
Hududi: 2.5 gektar, shundan bino va inshootlar maydoni 5000 metr kv.
Loyiha qiymati: 22,0 mlrd so‘m shundan o‘z mablag‘i 10,0 mlrd so‘m
Quvvati: 27 200 tonna un mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Bugungi kundagi holati: Korxonaga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun jihozlar va asbob-uskunalar Turkiya davlatidan olib kelingan.
Tashkil etilgan ish o‘rni: 80 ta doimiy ish o‘rinlari yaratilgan.
Ishga tushgan sanasi: 2021 yil dekabr oyi.

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida “Mirzaev Shuxrat Kenjaevich” fermer xo'jaligining g‘alla klasteri 14 oktyabr 2021 yilda tuman xokimining qaroriga asosan tashkil etilgan. 2020 yilda qiymati 2 mln dollarlik kunlik 120 tonna quvvatga ega bo‘lgan Turkiyaning zamonaviy IMASH kompaniyasining un ishlab chiqarish zavodi o‘rnatildi va 80 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Klaster 2023 yil g‘alla hosilini qabul qilish uchun 204 ta fermer xo‘jaliklar bilan 6 254 gektar maydonda 22 456 tonnaga shartnoma imzolanib, bugungi kunda don qabul qilish boshlangan.

Korxona 2023 yilda 20 000 tonna donni qayta ishlab ichki va tashqi bozorga sotish rejalashtirilgan. Bundan tashqari korxona 2023 yilda xorijga 2 mln dollarlik un maxsulotlarini eksport qilishni rejalashtirgan.

Korxona 2023 yil yakunigacha yana yangi 3 ta loyixani ishga tushiradi:

1. G‘alla urug‘chiligi tayyorlash sexi 60 ta yangi ish o‘rni, loyixa qiymati 1 mln dollar bo‘lgan, shundan bank krediti 0.6 mln dollar, o‘z mablag‘i 0.4 mln dollar.

2. Granulali omuxta yem ishlab chiqarish 50 ta yangi ish o‘rni, loyixa qiymati 0.7 mln dollar bo‘lgan, shundan bank krediti 0.4 mln dollar, o‘z mablag‘i 0.3 mln dollar.

3. Polepropilin qop ishlab chiqarish sexi 40 ta yangi ish o‘rni, loyixa qiymati 1.2 mln dollar, shundan bank krediti 0.7 mln dollar, o‘z mablag‘i 0.5 mln dollar.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM