Matbuot anjumani: “Ekologik turizm: rivojlanayotgan istiqboli tarmoq”

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonlarga ko‘maklashish, kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha  o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani “Ekologik turizm: rivojlanayotgan istiqboli tarmoq” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda aholining turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish choralari ko‘rilmoda.

Bugungi kunda tumanimizda eko turizmni rivojlantirish ishlari ham bosqichma-bosqich yaxshilanib borilmoqda. Tumanimizda ayniqsa baliqchilik yo‘nalishi yaxshi rivojlangan bo‘lib hozirgi vaqtda 30 ta baliqxona ish faoliyatini olib bormoqda hamda 64 ta ish o‘rinlari yaratilgan.

Ushbu baliqxonalarning asosiy qismi Zarafshon daryosi yaqinida joylashgan bo‘lib xavosi va tabiati bilan kishini o‘ziga jalb qiladi. Baliqxonada yaratilgan shart-sharoitlar esa yanada odamning baxri dilini ochadi. Baliqxonalarda tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar mujassamlashgan.  

Misol uchun tumanning Fay mahallasida joylashgan yangicha baliqxona haqida gapiradigan bo‘lsak baliqxona  ochiq osmon ostidagi ko‘l ustida qurilgan shiyponlar, sayr qilish va baliq ovi uchun qayiqlar, xullas barchasi yangi va zamonaviy baliqxonada mujassam.

 Bundan tashqari tumanda magistral yo‘l bo‘yidan “Nur 555” MChJ tomonidan mehmonlar uchun qulay sharoitlarga ega 500 kishiga mo‘ljallangan barcha sharoitlar yaratilgan shinam mehmonxona xizmati tashkil etilmoqda. Tumanimizga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu mehmonxonada bemalol dam olib ketish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

 Shu bilan birgalikda tumanimizda yo‘lovchi mehmonlarga xizmat ko‘rsatish yani ovqatlanish joylari ham yaratilgan bo‘lib barcha qulay sharoitlar, xizmatlar, avtoturorgoxlar, kutish maydonlari bilan ta’minlangan. Bularga misol qilib Zafar, Baxt, Sharshara, Turon, va yana bir qancha ovqatlanish va dam olish joylarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.

 

Tuman hokimi o‘rinbosari

Investitsiyalar, sanoat va savdo

bo‘limi boshlig‘i v.v.b                                            O.Buriev

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM