G‘o‘zada defoliatsiyaning ahamiyati

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Respublikamiz qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i paxtachilik hisoblanadi. Dunyoda paxta tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha respublikamiz beshinchi o‘rinda turadi. Ammo shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, yuqori sifatli va xaridorgir paxta tolasi ishlab chiqarish uchun dehqonchilik tizimida o‘ziga xos muayyan agrotadbirlarini amalga oshirish kerak bo‘ladi.Paxta hosilini terib olishdan avval g‘o‘za barglarini sun’iy tuktirish ya’ni, defoliatsiya tadbiri g‘o‘za agrotexnikasi tadbirlari ichida alohida o‘rin tutadi. Chunki, tezpisharligi turlicha bo‘lgan o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarida o‘z vaqtida o‘tkazilgan kimyoviy bargsizlantirish-defoliatsiya, ko‘saklar ochilishini tezlashtiradi, yuqori sifatli tola miqdorini oshiradi, tola va ko‘saklarning chirishini bartaraf qilib, yetishtirilgan hosilni yog‘in-sochinga qoldirmay terib olinishini ta’minlaydi. Ma’lumki, o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilgan defoliatsiya ta’sirida g‘o‘za barglari to‘kilishi bilan birga, g‘o‘za qator orasida havo aylanishi yaxshilanadi, harorat oshadi, tuproq va havo namligi pasayadi, o‘simlik quyosh nuri va yorug‘likdan samarali foydalanadi. Defoliantlar ta’sirida g‘o‘za bargida fotosintez jarayoni buzilib, o‘simlikning nafas olishi tezlashadi, fotosintez mahsuldorligi pasayib, bargda umumiy va erkin suv miqdori keskin kamayadi

Fotosintez jarayoni buzilgach, barg bandi bilan poyaning tutashgan joyida ajratuvchi qatlam hosil bo‘lguncha, bargdagi ozuqa moddalar g‘o‘za ko‘saklariga siljiy boshlaydi.

Defoliantlar ta’sirida yosh, endi yetilayotgan ko‘saklar kerakli ozuqani qisqa muddatda o‘zlashtirib, to‘liq yetiladi.

G‘o‘za defoliatsiyasining samaradorligi eng avvalo defoliatsiya muddati va dalani to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir.

Aytish joizki, hamma g‘o‘za navlari ham defoliantlarga yoki hamma defoliantlar ham turli g‘o‘za navlarida bir xil ta’sirchanlikka ega emas. Chunki, har bir g‘o‘za navi o‘zining biologik xususiyatiga ko‘ra barglari qalin, serbarg va aksincha bo‘lishi mumkin. Shu boisdan hamma g‘o‘za navlarida ham defoliantlarni bir xil me’yorda qo‘llash to‘g‘ri kelavermaydi.

 

O'simliklar karantini va himoyasi Paxtachi tuman bo'limi xodimlari

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM