ISHGA QABUL QILISH CHOGʻIDA TANLOV O‘TKAZISH tartibi belgilandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3451) bilan ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Mazkur Namunaviy nizom mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlarga ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Ushbu Namunaviy nizom talablari ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish tartibi alohida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tanlov komissiyasi tarkibi tashkilotning xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislari orasidan kamida besh kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi. Nizomda Tanlov komissiyasining huquq va majburiyatlari, tanlov o‘tkazish bosqichlari keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, Nizomda nomzodlarning apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tashkilotning kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyasiya komissiyasi tashkil etilishi, bunda, Apellyasiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar kelishuv asosida jalb etilishi mumkinligi nazarda tutilgan.

Namunaviy nizom bilan batafsil tanishish: https://lex.uz/docs/6567038

 

Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti         Sh.Xidirov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM