Geografik ob’yektlarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Geografik ob’yektlarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.08.2023 yildagi 386-sonli qarori bilan Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi, shuningdek, viloyat, tuman va shahar komissiyalarining namunaviy tarkiblari tasdiqlandi.

         O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Respublikasi komissiyasining Ishchi organi etib belgilandi.

         Qonunchilikka kiritilgan yana bir muhim o‘zgarish shundan iborat bo‘ldiki, qonunchilikdagi turlicha qarash va fikr mulohazalarga sabab bo’lib kelayotgan bo‘shliq bartaraf etilib, O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning toifalarini aniqlash tartibi tasdiqlandi.

         Ushbu tartibga ko‘ra, O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar - O‘zbekiston davlatchiligini rivojlantirish, mustahkamlash va uning xalqaro nufuzini yuksaltirishga xizmat qilgan, mamlakat tinchligi va xavfsizligini saqlash yo‘lida jasorat ko‘rsatgan, noyob iste’dodi bilan ilm-fan, adabiyot va san’at soxalariga, jahon tarixi va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan hamda milliy va xalqaro miqyosda tan olingan shaxslar deb ta’riflandi.

 

Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti  Sh.Xidirov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM