Xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
- mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
- o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida 5 yil ish stajga ega xotin-qizlarni o‘qishga qabul qilish haqida qaror chiqdimi?

JAVOB: Ha, shunday qaror chiqdi. Bu bo‘yicha Hukumatning 9 iyundagi 322-son qarori qabul qilindi.

Ammo!

Ushbu tartib bo‘yicha ayrim jihatlarni bilib qo‘yishingiz kerak.

Birinchidan, 5 yil staji bor hamma xotin-qiz o‘qishga kiradi, degani emas. Har yili 500 ta kontrakt uchun (grant yo‘q) joy ajratiladi. Masalan, 10 ming xotin-qiz tavsiyanoma olsa, shundan faqat 500 kishi mazkur tartib bo‘yicha qabul qilinadi.

Ikkinchidan, staji borlar imtihonsiz o‘qishga kiradi, degani emas. BARCHA tavsiyanoma olganlar testga albatta kiradi va yuqoriroq ball olishi kerak.
Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

Uchinchidan, bu faqat kollej yoki texnikumni tugatganlar uchun amal qiladi, maktabni tugatib, o‘rta ma’lumot bilan ishlayotganlarga taalluqli emas.

To‘rtinchidan, bu faqat kollej/texnikum diplomidagi mutaxassislik bo‘yicha ishlayotganlarga amal qiladi. Masalan, bank kollejini tugatib, 5 yil tikuvchi bo‘lib ishlaganlarga tavsiyanoma berilmaydi.

ESLATMA: o‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. O‘tgan yilgi tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

ESLATMA-2: O‘tgan yili tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

 Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

- o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;

- tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

- o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM