Paxtachi tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2023-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

2023-yilning birinchi choragi davomida, Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida jamoat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul sub’ekt tashkilotlar bilan birgalikda Prezidentimizning 2021 yil 29 noyabr kunidagi PF-27-sonli farmoni talablari doirasida bir qator umumprofilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

         Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2023-yilning birinchi choragi bo‘yicha,-

-viloyatda jami jinoyatlar – 222 taga yoki 2,9 foizga (7505/7727) oshgan bo‘lsa, bizda jami sodir etilgan jinoyatlar soni viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan yaxshilangan, xususan, umumiy sodir etilgan jinoyatlar - 0,5 foizga (325/324),

Jinoyatchilik holati bo‘yicha 2022 yil yakuni bo‘yicha viloyatda Paxtachi tumani- eng yaxshi 14 talikdagi, kreminogen vaziyati barqaror, “yashil hudud” deb baholandi.

SHu o‘rinda ta’kidlashimiz kerak, 2022 yilda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida, o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlardan,-

-Inson o‘limi bilan tugagan yo‘l ulov hodisalari – 19 foizga yoki 21 tadan 17 taga  kamayishiga erishildi.

SHu bilan birga, jinoyat turlaridan;-

-qasddan odam o‘ldirish 25 foyzga (4/3), taga kamaygan

- ma’muriy nazoratda turish qoidasini buzish (1/1) bilan bog‘liq jinoyatlar barqaror, teng ko‘rsatkichda  saqlanib, o‘sishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Biroq, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan,

-firibgarlik jinoyati – 2,6 foizga  yoki 1 taga (38 tadan 39 taga);

-voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar – 150 foizga  yoki 3 taga (2 tadan 5 taga);

-yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar – 18,3 foizga yoki 11 taga
(60 tadan    71 taga); oshib ketishiga yo‘l qo‘yildi.

-ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar – 14,3 foizga yoki 3 taga
(21 tadan 18 taga) kamayishiga erishilgan.

Mahallalar kesimida jinoyatchilik tahlil qilinganda:

Tuman hududidagi 59 ta mahallalarning,

-14 tasi yoki 23,7 foizi oldini olish imkoni bo‘lgan jinoyatlar sodir etilmagan, “yashil” toifadagi mahallalarga kiritildi;

-24 tasi yoki 40,6 foizi oldi olinadigan jinoyatlar kamaygan,  “sariq” toifadagi mahallalarga kiritildi;

-21 tasi yoki 35,5 foizi oldi olinadigan jinoyatlar soni ming aholiga nisbatan ko‘paygan,  “qizil” toifadagi mahallalarga kiritildi.

Jumladan, 

1-sektorda 4 ta, Burqut (2), Gulshan (2), Tinchlik (4),
Hunarmand (4) mahallalari;

2-sektorda 2 ta, Qaynarbuloq (2), Do‘ng (4)  mahallalari;

3-sektorda 5 ta, Qirguli (6), Mojar (4), Naxripay (5), Obodon (4), Suluvqo‘rg‘on (7) mahallalari;

4-sektorda 10 ta, Bodoy (3),  Bo‘ston (16), Jaxonobod (11), Istiqlol (14), Qarnabota (4), Tadbirkor (6), CHashma (5), A.Temur (11), Toshko‘prik (6), M.Ulug‘bek (8) mahallalari ming aholiga nisbatan oldi olinadigan jinoyatlar oshgan “qizil” toifadagi mahallalar toifasiga kiritildi.

Ushbu mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va “qizil” toifadan chiqarish maqsadida 4 ta sektor rahbari va ularning o‘rinbosarlari hamda ichki ishlar bo‘limining soxaviy xizmat rahbarlari mas’ul etib biriktirilib, har bir mahallaga alohida jinoyatchilikni jilovlash maqsadaida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va ijrosi ustidan alohida nazorat o‘rnatildi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati yo‘nalishida:

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar bo‘limining soxaviy xizmatlari va Idoralararo hamkorlikda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida bir qator umumprofilaktik ishlar amalga oshirildi.

Jumladan,

-6 nafar nazoratsiz yurgan voyaga etmaganlar aniqlanib, Voyaga etmaganlarga ijtimoy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga tegishli hujjatlar asosida joylashtirildi;

-1039 nafar jinoyat sodir etishga moyil shaxslar profilaktik hisobga olindi;

-221  nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan,

-22  nafar giyoxvandlar viloyat Narkalogiya shifoxonasiga va 

-9 nafar tajovuzkor ruxiy kasallar viloyat Ruxiy kasalliklar  shifoxonasiga majburiy tartibda davolanishga yuborildi;

-31 nafar ma’muriy nazorat qonuni ta’siriga tushuvchilarga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatildi;

-7.434 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlandi. Ayniqsa jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda ahamiyatli bo‘lgan, -

-80 nafar mayda bezorilik sodir qilgan;

-1813 nafar jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilgan;

-6 nafar qimorxona tashkil qilgan;

-221 nafar ov qurolidan foydalanish talabini buzgan;

-92 nafar pasport tizimi bo‘yicha yashash qoidasini buzgan;

-118 nafar ichki ishlar xodimini qonuniy talabni bajarmagan;

-15 nafar ichki ishlar xodimini xizmat burchini bajarishiga to‘sqinlik qilgan;

-7 nafar ma’muriy nazoratda turish qoidalarini buzgan shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy tartibda choralar ko‘rildi.

Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni murosasizlik asosida tarbiyalash maqsadida, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosini qo‘llash amaliyotiga alohida e’tibor qaratilib, huquqbuzarlarning 346 nafariga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan huquqbukbuzar-liklar bo‘yicha belgilangan jarimalardan 157 mln 896 ming so‘m miqdoridagi jarimalar davlat foydasiga undirib berildi. 

Xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Paxtachi tumani hududida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan, 2022 yilni 12 oyida o‘tgan 2021 yilni shu davriga nisbatan,-

-ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 3 taga yoki 14,3 foizga (21/18) kamaygan.

Ayollar jinoyatini turlari bo‘yicha tahlil qilinganda: 6 ta firibgarlik, 2 ta foxisha xona saqlash, 1 ta og‘ir tan jaroxati etkazish, 1 ta talonchilik, 1 ta o‘ldirish yoki zo‘ravonlik yo‘li bilan ishlatish, va 7 ta iqtisodiy  jinoyatlarini tashkil etadi

          

Ayollar jinoyatini oldini olish borasida, ro‘yxatga olingan 346 ta nizoli oilalardan 124 tasiga (35.8%) himoya orderi berilib, nazorat ostida yarashtirildi.

-85 nafar notinch oilalarda yashab kelayotgan,

-35nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj,

-4 nafar profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ijtimoy-profilaktik qamrovga olindi.

         Xotin-qizlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini oldin olish maqsadida umumta’lim maktablarida, mahalla va korxona-tashkilotlarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 78 marotaba uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi.

Jamoat tartibini saqlash yo‘nalishi bo‘yicha:

O‘tgan 2022 yil davomida tuman hududida 376 ta ommaviy tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan, 107 ta madaniy tadbirlar, 114 ta sport tadbirlari, 155 ta boshqa tadbirlarda namunali jamoat tartibi saqlandi.

Tuman hududida jamoat tartibini saqlash yo‘nalishidagi profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida, Muhtaram Prezidentmizni
2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan tumanlararo patrul post xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Hozirgi kunda tuman hududida, 6 nafar patrul post xizmati xodimlari 
3 ta patrul avtomashinasida xizmatga jalb qilindi.

Tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida har kuni 25-30 nafar xodimlar “Tun” maxsus reyd tadbirlariga jalb qilinmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar davomida, 2.236 nafar bemaqsad yurgan, huquqbuzarlik sodir etgan va boshqa toifadagi shaxslar tuman ichki ishlar bo‘limiga keltirilib, profilaktik qamrovga olindi. Keltirilganlar bilan o‘tkazilgan profilaktik ishlovlar natijasida, 712 ta huquqbuzarlik aniqlandi, 4 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi, 2 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 26 nafar shaxslardan qonunga zid tarzda olib yurilgan “sovuq qurollar” (kastet, bita, pichoq va h.k.)  hujjatlashtirib olinib, qonun doirasida chora ko‘rildi.

 Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida:

Tuman hududida yo‘l transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha bir qator profilaktik ishlar olib borildi.

-Natijada, Inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l ulov hodisalari 2021 yilga nisbatan – 19 foizga yoki 4 taga (21 tadan 17 taga) kamaydi.

-2022 yilda jami 49 ta (39) tan jarohati bilan bog‘liq yo‘l ulov hodisalari sodir etilgan.

 “Avariya uchoqlari” tahlil qilinganida;

-6 tasi “Saroy” mahallasidan o‘tuvchi M37 magestral yo‘lida sodir etilgan bo‘lib, shundan 5 tasi o‘lim bilan bog‘liq YTHlarni tashkil etadi. SHu ko‘chada 2022 yilni 1-yarmida yo‘l ulov hodisalari qayd etilgan bo‘lsa, yilni 2-yarmida tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgandan so‘ng YTHlar soni kamaydi.

-qolgan yo‘l transport hodisalari tumanning - Istiqlol, Jaxonobod, Tadbirkor, Bo‘ston, Toma, Gulshan, Qo‘shxovuz, M.Nodim, Qaynarbuloq va Hunarmand mahallalaridan o‘tuvchi M37 magestral yo‘lida hamda ichki ko‘chalarda sodir etilgan.

Tuman hududida yo‘l transport hodisalarini oldini olish borasida qo‘yidagi ishlar amalga oshirildi, jumladan:

-harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakatini tashkil qilish bo‘yicha jami 12 marotaba tegishli idoralarga taqdimnomalar kiritildi,

  -2022 yilda “yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi” 12 ta uyushmalarda jami 11 marotaba yig‘ilish va suhbatlar o‘tkazilib og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari aks etgan videotasvirlar namoyish etilib, 1158 nafar xaydovchilardan tilxatlar olindi,

- yo‘llarda aniqlangan kamchiliklar va qo‘shimcha jihozlar o‘rnatish yuzasidan tuman hokimligiga 2 marotaba “ma’lumotnoma” kiritildi,

-84 nafar xaydovchilar mast holda transport vositalarini boshqarganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

Probatsiya guruhi faoliyati bo‘yicha

2022 yil yakunida Probatsiya guruhi hisobida 368 nafar sud tomonidan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazosiga hukm(ajrim) qilingan shaxslar jazo muddatini o‘tamoqda.

Bugungi kunda Probatsiya xisobida jami 368 nafar nazorat ostidagi shaxslar o‘rganilganda,

Jazo turlari bo‘yicha:

-99 nafar axloq tuzatish ishi,

-102 nafar ozodlikni cheklash,

-48 nafar muayyan huquqdan mahrum qilish,

shuningdek, 

-115 nafar jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganlar xisobda turadi.

Ushbu yo‘nalishda 2023-yil birinchi choragida: 

-149 nafari tuzalish yo‘liga o‘tganligi bo‘yicha toifalarga ajratilib, ularning barchasiga yashash joylaridan murabbiylar biriktirilib, yaqin qarindoshlarining birini kafilligiga berildi. 

-13 marotaba Sayyor sud tashkil qilinib, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 115 nafar nazoratdagi shaxslar belgilangan jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

-20 nafar jazodan buyin tovlagan shaxslar Jazoni ijro etish muassasalariga yuborildi.

Paxtachi tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlarida barcha kuch vosita va imkoniyatlar etarli, kelgusida jamoat xavfsizligi xizmati ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun barcha kuch-vositalarni jalb etamiz. 

 

  Tuman hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan

T A K L I F L A R:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmoni bilan jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida belgilab berilgan vazifalarni ijrosi uchun mas’ul bo‘lgan, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok e’tuvchi sub’ekt tashkilotlar Farmon asosida belgilangan.

Farmonga ko‘ra,

  1. Vazirlar Mahkamasi – joylarda hududiy hokimliklar;
  2. Ichki ishlar vazirligi – joylarda hududiy bo‘limlari;
  3. Milliy gvardiya – joylarda hududiy bo‘limlari;
  4. Favqulodda vaziyatlar vazirligi – joylarda hududiy bo‘limlari;
  5. Davlat xavfsizlik xizmati – joylarda hududiy bo‘limlari;
  6. Bosh prokuratura – joylarda hududiy bo‘limlari;
  7. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi – joylarda hududiy bo‘limlari;
  8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – joylarda hududiy bo‘limlari;
  9. Sog‘liqni saqlash vazirligi – joylarda hududiy tibbiyot birlashmalari;
  10. Mahalliy davlat hokimiyati organlari – ya’ni,  yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimlari, shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, jamoat joylaridagi kommunikatsiya, muhandislik-texnik vositalar hamda boshqa tizimlarga qo‘yiladigan yagona huquqiy talablarga rioya etish chora-tadbirlarini nazorat qiluvchi, shuningdek, tegishli hududdagi jamoat joylarida qurilish normalariga, texnik ekspluatatsiya qoidalariga, kommunikatsiya, ekologiya, sanitariya, epidemiologiya standartlari va talablariga rioya qilinishini nazorat qiluvchi, yo‘l harakatini tartibga solish va mavjud transport infratuzilmasidan oqilona foydalanish choralarini ko‘rishga mas’ul tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlariga vazifalar yuklatilgan.

        Biz yaqinda tuman hokimi huzurida, 27-sonli Farmon bilan jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida belgilab berilgan vazifalarni ijrosi uchun mas’ul bo‘lgan, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok e’tuvchi sub’ekt tashkilotlarning navbatdagi Idoralararo yig‘ilishini o‘tkaz, 52 ta banddan iborat chora-tadbirlar Dasturini tasdiqladik. Dasturga ko‘ra, har oy yakuni bo‘yicha shu 10 ta sub’ekt tashkilot jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan YAgona boshqaruv shtabiga ma’lumot taqdim etishlari belgilangan. 

            Taklif:   Jamoat xavfsizligini ta’minlashga mas’xul sub’ekt tashkilotar, PF-27-sonli farmon talablari ijrosi bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar Dasturida belgilangan vazifalarni bajarilish ahvoli, amalga oshirgan ishlari  yuzasidan har chorakda bir marotaba Halq deputatlari tuman Kengashida hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yilsa, Jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ustidan Jamoatchilik nazorati tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lar edi.

            2. Bugungi kunga kelib, tuman hududida sodir etilayotgan o‘g‘irlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilanishiga qaramasdan, o‘g‘irlik jinoyatlarini salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, aholi gavjum hududlar, mahallalarning asosiy ichki ko‘chalari, ko‘p qavatli uylar atrofidagi kuzatuv moslamalarining yo‘qligi yoki o‘rnatilganlarining ham sifatsizligi sabab o‘g‘irlik jinoyatlarini oldini olish va fosh etishda muammolar yuzaga kelayapti.

           Taklif: Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, aholi gavjum hududlar, mahallalarning asosiy ichki ko‘chalari, ko‘p qavatli uylar va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilotlar atrofini kuzatish uchun sifatli kuzatuv moslamalari o‘rnatilishini ta’minlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

 

         3. Tungi vaqtlarda, soat 23.00 dan keyin faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar obe’ktlari jamoat xavfsizligini ta’minlashda bizga real xavf va muammo tug‘dirayapti.

        Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyul kunidagi 624-sonli “Tungi
vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
gi  qarorining 2-bandida,

         Umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar ob’ektlar 24 soat ishlashi mumkin qachonki,

         -“umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar ob’ektlarning ichki qismiga, shu jumladan, xizmat ko‘rsatish xonalari, kirish va chiqish joylariga tasvirni kamida o‘ttiz kun davomida saqlash imkonini eruvchi videokuzatuv tizimi o‘rnatilsa;

          -binolarning yon-atrofi, avtoturrgoh va ularga tegishli boshqa hududlari etarli darajada (kamida 10 metr masofada) yoritilgan bo‘lsa;

          -binoda shovqinning ruxsat etiladigan shovqin me’yorlariga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari va normalaridan oshmasligini ta’minlasa, shu jumladan, ob’ektlarni to‘liq tovush o‘tkzmaydigan etib jixozlasa yoki tungi musiqa va tovush kuchaytirgich asbob uskunalaridan foydalanmasa;

         -yong‘in o‘chirish vositalari hamda birinchi tibbiy erdam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar to‘plami solingan tibbiy yordam qutichalari bilan ta’minlangan bo‘lsa;

         -binoning barcha uchun ko‘rinarli joylariga yong‘in va boshqa favqulotda (tezkor) vaziyatlar yuz bergan taqdirda harakatlanish va fuqarolarni evakutsiya qilish chizmasi hamda tezkor va qutqaruv xizmatlarining telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘rnatgan bo‘lsa”-deb ko‘rsatiladi.

          SHuningdek, mazkur qarorning 3-bandida,

          -“umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlar rahabari tomonidan ushbu qarorning yuqorida qayd etilgan 2-bandida belgilangan talablar bajarilganligi haqida hududiy ichki ishlar organlariga belgilangan tartibda xabarnoma yuboriladi.

         -ushbu qarorning 2-bandida belgilangan talablarga rioya etmagan holda tungi vaqtda faoliyat yuritish taqiqlanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi”-deb qat’iy belgilangan.

        Taklif: Keng jamoatchilik bilan birgalikda, tuman hududidagi umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar ob’ekt rahbarlariga shu talabni takroran etkazish va Vazirlar mahkamasining 624-sonli qarori talablarini bajarmagan holda tungi soat 23.00 dan keyin faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar ob’ektlar faoliyatini cheklash bo‘yicha tuman hokimligi qarorini qabul qilinishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

               

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarda inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-sonli qarori bilan avtomobil yo‘llarida haraktni tashkil etish, boshqarish va xavfsizlikni ta’minlash soxasidag faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus koissiyasi va uning hududiy komissiyalari tashkil etilgan. Maxsus komissiya raisi -  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining  18.01.2023 yildagi 01-25/1-700 raqami bilan “Yo‘l harkati xavfsizligi ta’minlash bo‘yicha resbulika maxsus komissiyasi yig‘ilishining 3-sonli bayoni va bayonning 9-ilovasida “Samarqand viloyatida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi bo‘yicha 2023 yilda amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar “Yo‘l-xaritasi” ijro uchun yuborilgan.

Mazkur yo‘l xarita ijrosi bo‘yicha belgilangan mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti har chorak yakunida Xalq deputatlari tuman Kengashida eshitilib, muhokama qilib borilsa yo‘l xarita ijrosi Jamoatchilik nazoratida bo‘lardi.

Paxtachi tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Axmedov Vaxob Oydinovichning tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2023-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan  hisoboti        

 

Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limi

boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat

havfsizligi xizmati boshlig‘i

podpolkovnik                                                                                      V.O.Axmedov

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM