O'zbekistonda tibbiy ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Dono o'zbek maqolida "Salomatlik-yurtning boyligi, sog'liq-hamma narsaning boshi"deyilgan

Xalq farovonligini oshirishda tibbiyot xodimlarining hissasi muhim ahamiyatga ega.

O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish va O'zbekiston sog'liqni saqlash vazirligi tassarufidagi tibbiyot o'quv yurtlarida xorijiy mamlakatlar bilan qo'shma ta'lim dasturini o'rnatish bo'yicha kompleks chora - tadbirlarni amalga oshirish maqsadida (vazir-A. Sh. Inoyatov) jahon darajasidagi yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashda ta'lim va ilmiy-amaliy hamkorlik sohasida katta ishlar olib borilmoqda.

Ko'plab xorijiy mamlakatlarning malakali tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda. Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti (rektor- Rizayev J. A.) va S. D. Asfendiyarova nomidagi Qozog'iston milliy tibbiyot universiteti (rektor - Shoranov M. E.) o'rtasida xalqaro ta' lim va ilmiy-tadqiqot aloqalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Hamkorlik Memorandumi tasdiqlandi.

Ushbu Memorandum doirasida Paxtachi Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi (direktor - E. O. Nurbayev) va Qozog'iston respublika tibbiyot kolleji (direktor - N. B. Ruzdenova) o'rtasida yaqin aloqa o'rnatildi.

Memorandum asosida Musayev Abdug'ani Tajibayevich  S.D.Asfendiyarov  nomidagi Qozog'iston milliy tibbiyot universiteti professori, tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor, respublika va xalqaro ilmiy grant rahbari 2023 yil may oyida Paxtachi Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida professor Musayev tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar bo'yicha talabalar va o'qituvchilarga ma'ruza qildi va PTSP (birlamchi tibbiy sanitariya yordami)ning dolzarb masalalari bo'yicha master-klass o'tkazdi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, O'zbekiston va Qozog'istonning tibbiyot ta'lim muassasalari o'rtasida kadrlar tayyorlash, tarbiyaviy va ilmiy ishlar sohasidagi hamkorlik kolloboratsiya, visiting professor va akademik mobillik shaklida davom ettiriladi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM